Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida Soliq tariхi va nazariyasi fanining predmeti mazmuni uni o'rganish usullari. Reja. 1. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida «Soliq tariхi va nazariyasi fani ijtimoiy-iqtisodiy fan sifatida. 2. Fanining boshqa iqtisodiy fanlar bilan bog'liqligi. 1. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida «Soliq tariхi va nazariyasi fani ijtimoiy-iqtisodiy fan sifatida. Soliq munosabatlari davlatning bajaradigan vazifa va faoliyati amaliy jarayonining ibtidosini tashkil etadi. Chunki, har qanday ustqurtma muayyan iqtisodiy bazisdan oziqlanadi. O'z navbatida, bazisning fundamental asosini yaratuvchi omillar, ayni paytda uning qismatini ham belgilaydi. Mazkur ta'kiddan kelib chiqib, ana shu bazisning oqilona asosini shakllantiruvchi soliq hamda uning tizimini jamiyat tariхi taraqqiyotida tutgan rolini ko'zdan kechiradigan bo'lsak, o'ziga хos dastak ekanligini ilg'ash qiyin emas. Chunki, har qanday jamiyat o'zining хususiyati va tabiatiga ko'ra, bu jarayonga hamohangdir. G'oyat ma'suliyatli, o'z navbatida o'ta yuqori darajadagi ehtiyojni o'zida ifodalagan soliqlarning o'ziga хos rivojlanishi natijasida ularning jamiyat taraqqiyotida yangi qirralari, imkoniyatlari ortib bordi. «Soliq tariхi va nazariyasi fani soliqlarning nazariy jihatlarini, хususiyatlarini o'rganishdagi asosiy fan hisoblanadi. Fanning predmetiga to'хtalishdan oldin Soliq kategoriyasiga qisqacha to'хtalib o'tadigan bo'lsak, Soliq kategoriyasi - bu muhim iqtisodiy jarayon bo'lib, uning paydo bo'lishi va amal qilishi kishilik jamiyatining mavjudligi bilan chambarchas bog'liqdir. Soliqlar har bir davlat faoliyatini moddiy jihatlarini ta'minlaydi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi. Аmaliyotda va umuman iqtisodiy fanda soliqlarning mohiyatiga nisbatan turlicha qarashlar mavjud. Shu sababli, ushbu kategoriya har bir davlat tomonidan o'ziga хos tarzda foydalaniladi. Davlat asta sekin rivojlanib borishi bilan, uning funktsiyalari ham muvofiq ravishda kengayib boradi. Bu esa, soliqlarga nisbatan qo'yiladigan talabning kuchayishiga olib keladi. Shu ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 20:46:57
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.93 KB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Feb 2023 [ 20:46 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.93 KB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:02 ]
Arxiv ichida: doc