Jahon soliq kodeksini qabul qilish zarurati va ahamiyati Birlashgan millatlar tashkiloti u yoki bu xalqaro dasturlar asosida bozor islohotlarini amalga oshirayotgan davlatlarga ma'lum bir loyihalarni ishlab chiqish va joriy etishda yordam berish hamda hamkorlik qilishni amalga oshiradi. Bunday hamkorlik yo'nalishlaridan biri - zamonaviy xalqaro iqtisodiy talablarga javob beradigan milliy soliq tizimining yuzaga kelishiga, shakllanishi va rivojlanishiga yordam berishdir. Aynan shunday chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida, ya'ni xalqaro soliq dasturi doirasida jahon soliq kodeksini tayyorlash fikri yuzaga keldi. Ushbu Kodeksning asosiy maqsadi - islohotlarni amalga oshirayotgan davlatlarga ilmiy asosda soliq munosabatlarini boshqarish, yagona terminologiya va yagona mazmundagi izoxni yaratish imkoniyatlarini takdim etishdir. «jahon soliq kodeksi asoslari» shaklidagi ushbu hujjat 1993 yilda tayyorlanib, nashrdan chikarildi. Uning mualliflari Garvard universiteti (AKSh) mutaxassislari Uord M. Xassi va Donald S. Lyubik. Ushbu Kodeks asoslari 300 betdan iborat bo'lib, 591 ta modda va izoxni o'z ichiga olgan Soliq kodeksi matnidan iboratdir. Kodeksning kirish kismida mualliflar kupgina davlatlar tajribasidan utgan soliq tizimining zamonaviy ma'nosini ochib berishga harakat kilganliklarini yozishgan. jahon soliq kodeksi namuna sifatida bo'lishiga qaramasdan, unda soliq to'lovlarining aniq stavkalari, uning minimumlari va imtiyozlar berilgandir. Kodeks matni va unda berilgan stavkalar kodeksdan foydalanishni xoxlovchi davlatlar uchun majburiy emas, balki tavsiyaviy tusga egadir. Milliy soliq qonunchiligi tayyorlanayotganda ushbu davlat mutaxassislari tomonidan mamlakatdagi aniq iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar inobatga olinishi kerak. Kodeksda berilgan nizom alohida ahamiyatga egadir. Bu nizomga ko'ra, soliq tizimi orqali iqtisodiy subsidiyalar berish to'g'ri subsidiya to'lovlariga nisbatan kam samaralidir. Imtiyoz turlari va engilliklarning kupligi, soliq imtiyozlarini nazorat qilishning qiyinligi sababli, soliq tizimini murakkablashtiradi va samaradorligini tushiradi, ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 20:46:57
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.53 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:02
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 20:46 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.53 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:02 ]
Arxiv ichida: docx