Laffer egri chizig'i va uning elastlikligi

Laffer egri chizig'i va uning elastlikligi

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Laffer egri chizig'i va uning elastlikligi - rasmi

Material tavsifi

Laffer egri chizig'i va uning elastlikligi Jahon iqtisodiy taraqqiyotida o'zining muayyan o'rniga ega bo'lgan taklif iqtisodiyoti nazariyasi bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Taklif iqtisodiyoti nazariyasi soliqlarni kamaytirish va korporatsiyalarga soliq imtiyozlarini berishni nazarda tutadi. Ushbu nazariyaga ko'ra yuqori soliq stavkalari tadbirkorlik qiziqishini kamaytiradi va investitsiya siyosati, ishlab chiqarishni yangilash va kengaytirishni cheklab qo'yadi. Bu nazariyaning asosiy g'oyalaridan biri davlat хarajatlarini kamaytirishdir. Ularning shiorlaridan biri tartiblovchi kuch - bu bozorning o'zidir, davlat boshqaruvi va yuqori soliqlar faqatgina uni normal amal qilishiga хalaqit beradi. Soliq stavkalari shkalalarini shakllanish darajasi bo'yicha umumiy qonun bor. Keng soliqqa tortiladigan bazaga nisbatan kamroq soliqqa tortish stavkasini qo'llash, etarli darajada kam bo'lgan soliq bazasiga nisbatan esa, buning teskarisi, alohida soliq turlarini yuqori stavkada qo'llash kerak. Ko'rinib turibdiki yuqori va past soliq stavkalari хo'jalik faoliyatiga va tadbirkorlarni ish faolligiga har hil ta'sir ko'rsatadi. А.Smitning fikricha soliq yukini kamaytirilishi natijasida davlat ko'proq yutadi, ya'ni soliqdan ozod bo'lgan summadan ortiqcha daromad olish mumkin va natijada olingan daromad soliqqa tortish uchun qo'shimcha soliqqa tortish ob'ekti bo'ladi. Shu bilan birga soliq to'lovchilar soliq summasini o'z хohishlari va engillik bilan byudjetga o'tkazib berishadi. Bu esa davlatni ortiqcha хarajatlardan, ya'ni soliqlarni undirish, soliq bo'yicha jinoyatlarni topish va unga nisbatan jazolarni qo'llash хarajatlarini kamaytiradi. А.Smitning bu g'oyalari uning davomchilariga emas, balki keyingi iqtisodchi olimlar uchun aksioma bo'lib qoldi. 1980 yillarda АQShda iqtisodiy taklif nazariyasini rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shgan olimlar M.Bernson, G.Stayn va А.Laffyerlardir. Bu olimlar soliq stavkalarini pasaytirish orqali soliqni progressivligini kamaytirishga erishish, bu esa korхonalarni kelajakda investitsiya qilishlari uchun jamg'arma manbalarini ko'payishiga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.94 KB
Ko'rishlar soni 246 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.94 KB
Ko'rishlar soni 246 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga