Laffer egri chizig'i - rasmi

Material tavsifi

Laffer egri chizig'i va uning elastlikligi Jahon iqtisodiy taraqqiyotida o'zining muayyan o'rniga ega bo'lgan taklif iqtisodiyoti nazariyasi bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Taklif iqtisodiyoti nazariyasi soliqlarni kamaytirish va korporatsiyalarga soliq imtiyozlarini berishni nazarda tutadi. Ushbu nazariyaga ko'ra yuqori soliq stavkalari tadbirkorlik qiziqishini kamaytiradi va investitsiya siyosati, ishlab chiqarishni yangilash va kengaytirishni cheklab qo'yadi. Bu nazariyaning asosiy g'oyalaridan biri davlat xarajatlarini kamaytirishdir. Ularning shiorlaridan biri tartiblovchi kuch - bu bozorning o'zidir, davlat boshqaruvi va yuqori soliqlar faqatgina uni normal amal qilishiga xalaqit beradi. Soliq stavkalari shkalalarini shakllanish darajasi bo'yicha umumiy qonun bor. Keng soliqqa tortiladigan bazaga nisbatan kamroq soliqqa tortish stavkasini qo'llash, etarli darajada kam bo'lgan soliq bazasiga nisbatan esa buning teskarisi, alohida soliq turlarini yuqori stavkada qo'llash kerak. Ko'rinib turibdiki yuqori va past soliq stavkalari xo'jalik faoliyatiga va tadbirkorlarni ish faolligiga har xil ta'sir ko'rsatadi. A. Smitning fikricha soliq yukini kamaytirilishi natijasida davlat ko'proq yutadi, ya'ni soliqdan ozod bo'lgan summadan ortiqcha daromad olish mumkin va natijada olingan daromad soliqqa tortish uchun qo'shimcha soliqqa tortish obyekti bo'ladi. Shu bilan birga soliq to'lovchilar soliq summasini o'z xohishlari va engillik bilan byudjetga o'tkazib berishadi. Bu esa davlatni ortiqcha xarajatlardan, ya'ni soliqlarni undirish, soliq bo'yicha jinoyatlarni topish va unga nisbatan ja'zolarni qo'llash xarajatlarini kamaytiradi. A.Smitning bu g'oyalari uning davomchilariga emas, balki keyingi iqtisodchi olimlar uchun aksioma bo'lib qoldi. 1980 yillarda AQSHda iqtisodiy taklif nazariyasini rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shgan olimlar M.Bernson, G.Stayn va A.Lafferlardir. Bu olimlar soliq stavkalarini pasaytirish orqali soliqni progressivligini kamaytirishga erishish, bu esa korxonalarni kelajakda investitsiya qilishlari uchun jamg'arma manbalarini ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 44.46 KB
Ko'rishlar soni 222 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:04 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 44.46 KB
Ko'rishlar soni 222 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga