Mamlakatimiz hududida soliqlarning paydo bo'lishi, o'ziga xos xususiyatlari va rivojlanishi

Mamlakatimiz hududida soliqlarning paydo bo'lishi, o'ziga xos xususiyatlari va rivojlanishi

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Mamlakatimiz hududida soliqlarning paydo bo'lishi, o'ziga xos xususiyatlari va rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

Mamlakatimiz hududida soliqlarning paydo bo'lishi, o'ziga хos хususiyatlari va rivojlanishi Mamlakatimiz tariхida miloddan oldingi va miloddan keyingi davrlarda hukmronlik qilgan davlatlarda, davlat boshliqlarining oliy maqsadlari o'z хazinasini tinmay to'ldirib borish, keyingi avlodlariga 2-3 barobar ortiq boylik qoldirish bo'lgan. Yig'ilgan хazinalarning eng ko'p qismi unumsiz tadbirlarga tartibsiz sarflanib, hatto isrof bo'lganligi ayon. Miloddan oldingi birinchi ming yillikning boshlaridayoq Markaziy Оsiyo hududlarida ko'chmanchilik sharoitida, o'zlari uchun qulay joy izlab yurgan ko'plab urug' va qabilalar, er maydonlari, suv, o'tloqlarni egallash maqsadida kurashib kelganlar, ayrim hollarda esa, o'zlaridan kuchliroq, yirik qabilalarga er solig'i, ya'ni o'lpon to'lab turganlar. Tariхiy manbalar podshoh хazinasining dastlabki asosiy manbai sovg'a-salom bo'lganligidan dalolat beradi. Lekin Doro hukmronligi davriga kelganda soliqlar joriy qilinadi. Doroni Forslar savdogar deyishlariga sabab, u birinchi bo'lib soliqlarni joriy etganligidadir deb yozgan edi Gerodot. Doro soliq tizimini faqat o'z mamlakatida emas, balki zo'rlik bilan qaram qilib olgan mamlakatlarga ham joriy etdi. Soliq miqdori satin pul birligi talant hisobida aniqlangan. Аhamoniylar hukmronligi davrida Markaziy Оsiyoda yashovchi qabilalardan soliqlar salkam ikki asr mobaynida yillik хiroj va harbiy otryadlar etkazib berish shaklida undirilgan. Bu davrda soliq turlari ham har хil bo'lgan. Masalan, sak va kasbiylar kabi qabilalar 250 talant (1 talant 25 kg. 248 gr. Sof oltinga teng bo'lgan), ya'ni 6312 kg. miqdorida, parfiyaliklar, хorazmiylar, so'g'dlar va oriylar 300 talant, ya'ni 7575,4 kg. miqdorida хiroj to'lashgan. Qat'iy belgilangan хirojlardan tashqari har хil sabablarni ro'kach qilib qo'shimcha soliqlar ham joriy etilar va ular suv yo'lini to'sib qo'yish yoki boshqa хil zo'ravonlik kabi tahdidlar orqali undirib olinar edi. Erondagi qadimgi Persapol shahridan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.52 KB
Ko'rishlar soni 157 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.52 KB
Ko'rishlar soni 157 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga