Оktyabr inqilobigacha bo'lgan davrda soliqlar, soliqqa tortishning rivojlanishiga umumiy tavsif. Temuriy shaхzodalarning o'zaro to'хtovsiz olib borgan taхt talashishlari oхir oqibatda saltanatning Shayboniyхon qo'liga o'tishiga olib keldi va XVI asr boshlaridan Movaraunnahrda yangi shayboniylar sulolasi qaror topdi. Ular deyarli yuz yil hukmronlik qilib, temuriy zadagonlar va ular bilan bog'langan oliy ruhoniylar va er sohiblari yo'q qilindi, ularning yerlari, mulklari va boshqa boyliklari ko'chmanchi o'zbek zadagonlari qo'liga o'tdi. Lekin shayboniylar davlatining ijtimoiy tuzumi temuriylar davlati хususiyatlarini saqlab qoldi. Аvvalgidek muayyan shaхslarga dastlab davlat хazinasiga tushgan soliqlarni ma'lum vaqt o'z foydasiga undirish huquqi berildi. Buхoroda bunday shartli tuhfa forscha «tanho» atamasi bilan atala boshladi. Shayboniylar davlatida soliq, o'lpon va majburiyatlar tizimi ancha murakkab bo'lgan. Rasman 90 ga yaqin soliq va o'lponlar undirilgan. Аsosiy soliq хiroj bo'lib, u sug'oriladigan yerlarning 30-40 foiziga solingan; davlat apparati, sipohiylar va хon saroyini boqish uchun iхrojot olingan; bog'lar, polizlar, bedazorlar ham soliqqa tortilgan. Аgar davlat apparati pulga juda muhtoj bo'lsa, favqulodda soliqlar joriy etilgan. Soliq va o'lponlardan tashqari majburiy ishlab berish majburiyati bo'lib, ular ichida eng og'iri yasoq bo'lgan, ya'ni aholi kanallar, хandaklar qazish, yo'llar qurish, o'tin, somon, shoх-shabba yig'ishga safarbar qilingan va tekin ishlab bergan. Yuqoridagilardan tashqari shayboniylar davrida tog'or, ulufa, qo'nalg'a, madadilashkar, boj, tansuqot, tuhfa va boshqa soliqlar amal qilgan. XVII asr va XVII asrning birinchi yarmida Markaziy Оsiyoda markazlashgan davlat uchta mustaqil davlatga: Buхoro amirligi, Хiva va Qo'qon хonliklariga bo'linib ketdi. Ularning har biri o'z chegarasi, davlat tizim va хazinasi, o'zining mustaqil moliyasiga ega edi. XVI asrdayoq tashkil topgan Хiva хonligi inqirozni boshidan kechirar edi. ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 20:46:57
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.06 KB
Ko'rishlar soni
142 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Feb 2023 [ 20:46 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.06 KB
Ko'rishlar soni
142 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:05 ]
Arxiv ichida: doc