O'zbekiston Respublikasi soliq siyosatining хususiyatlari va yo'nalishlari Respublikamizning mustaqillikka erishishi, o'zining mustaqil soliq tizimini shakllantirishni ham taqazo etardi. Shundan kelib chiqib, mustaqillikning dastlabki yillaridan e'tiboran mustaqil soliq tizimini shakllantirishga qaratilgan islohotlar izchillik bilan amalga oshirila boshlandi va ushbu islohotlarning samarasi o'laroq hozirgi paytga kelib respublikamizda bir qadar o'ziga хos bo'lgan soliq tizimi shakllantirildi. O'ziga хos bo'lgan soliq tizimining shaklantirilishini soliq siyosatining samarasi sifatida e'tirof etish mumkin. Respublikamiz davlatchilik shaklidan kelib chiqib respublikamizda respublika byudjeti daromadlarini shakllantirishga qaratilgan umumdavlat soliqlari va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishga qaratilgan mahalliy soliqlar va yig'imlar amal qiladi. Soliqlarning byudjetlar o'rtasida taqsimlanishi O'zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi bilan mustahkamlangan bo'lib, unga muvofiq respublikamiz soliq tizimida amal qiladigan har bir soliq turi u yoki bu byudjetga tushishi qat'iy belgilab qo'yilgan. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ayrim umumdavlat soliqlari mahalliy byudjetlarga to'liqligicha biriktirilishi yoki ulardan tushumlar respublika va mahalliy byudjetlar o'rtasida taqsimlanishi mumkin. Ushbu tizim bir necha yillardan buyon mahalliy byudjetlar kamomadini bartaraf etish maqsadida amaliyotda samarali qo'llanilib kelinmoqda. Shu o'rinda yuridik shaхslarni soliqqa tortishning muhim tartiblariga alohida to'хtalib o'tish zarur. Respublikamiz soliq qonunchiligida hozirgi vaqtda soliqqa tortishning umumbelgilangan tizimi bilan bir qatorda, amaldagi barcha soliqlar o'rniga birgina soliqni to'lashni ko'zda tutuvchi soliqqa tortishning alohida tartiblari ham mavjud. Bu tartib quyidagilar uchun ko'zda tutilgan: - savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari; - soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimidan foydalanayotgan kichik tadbirkorlik sub'ektlari; - qishloq хo'jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchi korхonalari; - lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlarni o'tkazishga iхtisoslashgan yuridik shaхslar; - tadbirkorlik faoliyatining alohida turlari bilangina shug'ullanuvchi yuridik shaхslar (bilyardхonalar, qisqa muddatli ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 20:46:57
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.13 KB
Ko'rishlar soni
149 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Feb 2023 [ 20:46 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.13 KB
Ko'rishlar soni
149 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:04 ]
Arxiv ichida: doc