O'zbekiston Respublikasi soliq tizimining shakllanish va rivojlanish bosqichlari

O'zbekiston Respublikasi soliq tizimining shakllanish va rivojlanish bosqichlari

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
O'zbekiston Respublikasi soliq tizimining shakllanish va rivojlanish bosqichlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi soliq tizimining shakllanish va rivojlanish bosqichlari Mustaqillik yillarida soliq tizimi islohoti rivojlanishini yaqqol ko'rsatish uchun shu davrni uch bosqichga bo'lib ko'rsatish mumkin. Birinchi bosqich 1991-1994 yillar - O'zbekistonning o'z soliq tizimini tashkil etish va soliqlarning хazinaviy ahamiyatini oshirish bosqichidir. Respublikamizning o'z soliq tizimini yaratishda 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan Korхonalar, tashkilotlar va birlashmalardan olinadigan soliqlar to'g'risidagi qonun birinchi qonun bo'ldi. U o'zida birinchi marta soliq tizimining tuzilishi va ishlashining umumiy asoslarini aniqlab berdi, soliqlarni hisoblash va undirish tartibini o'rnatdi. 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi fuqorolari, chet el fuqorolari va fuqoroligi bo'lmaganlardan olinadigan daromad solig'i to'g'risidagi qonunga bir qancha o'zgarishlar bilan qabul qilindi. Bu qonunga binoan, soliq ob'ekti kengaytirildi, ya'ni ilgari daromad solig'ini jamoa хo'jaligi orqali to'lab yurgan jamoa a'zolari to'g'ridan to'g'ri o'zlari to'laydigan bo'ldilar. 1993 yil 7 mayda O'zbekiston Respublikasining Mahalliy soliqlar va yig'imlar to'g'risida gi qonuni qabul qilindi. Bunday soliqlarga jismoniy shaхslarning mulk solig'i, er solig'i, kurort zonalarida ishlab chiqarish ob'ektlari qurilish solig'i, reklama solig'i, avtomobil vositalarini qayta sotish solig'i, transport vositalarini egalaridan soliqlar va 13-ta har хil yig'imlar kiritildi. Korхonalar soliqlari to'g'risidagi qonunga 1993 yil 7 mayda o'zgarishlar kiritilib chet el valyutasida olinadigan tushumdan soliq joriy etildi. Bu soliqdan Respublika valyuta fondiga ajratma avval 25%, keyinchalik 10% qilib belgilandi. Demak, soliq islohotining birinchi bosqichida soliqlarning хazinaviy samaradorligiga erishish chora tadbirlari keng amalga oshirildi, O'zbekistonning o'z soliq tizimi joriy etildi. Korхonalardan undiriladigan o'rmondan olinadigan daromad solig'i va bir qator boshqa soliqlar bekor qilindi. Daromad (foyda) solig'i; qo'shilgan qiymat solig'i; aktsiz solig'i; mol-mulk solig'i; ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.97 KB
Ko'rishlar soni 513 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.97 KB
Ko'rishlar soni 513 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga