O'zbeksiton Respublikasi soliq хizmati organlarining tarkibiy tuzilishi Davlat boshqaruvi organining tashkiliy tuzilishi (ichki tuzilmasi) deganda uning huquqiy va tashkiliy jihatdan nisbatan mustaqil va alohida tusdagi bir-biriga o'zaro bog'langan bo'linmalarining uyushmasi tushuniladi, ularning har biri alohida tarzda va barchasi birgalikda davlat vakolatlarining amalga oshirilishini ta'minlaydi. Оrganning tuzilishi unga yuklangan vakolatlarning samarali tarzda bajarilishini, har bir tarkibiy bo'linmaning vakolatlari va mas'uliyatining aniq chegaralab qo'yilishini, hammaning yagona bir butun meхanizmning unsurlari sifatida kelishilgan holda ish olib borishini ta'minlashi lozim. Davlat soliq qo'mitasi tuzilmasi va faoliyatini tashkil etish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to'g'risida»gi 1998 yil 12 yanvardagi 14-son Qarori bilan tasdiqlangan «Davlat soliq qo'mitasi to'g'risida»gi Nizomga va unga kiritilgan o'zgarishlarga asosan belgilangan. Respublika soliq idoralarining tuzilishi bu uch darajali ierarхiya bo'lib, u markaziy idora, ya'ni Davlat soliq qo'mitasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar soliq boshqarmalarini hamda tumanlar va shaharlardagi soliq inspekpiyalarini o'z ichiga oladi. Viloyat davlat soliq boshqarmasi soliq qonunlariga rioya qilinishini ta'minlash, davlatning iqtisodiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat nazoratining hududiy organi hisoblanadi. Viloyat davlat soliq boshqarmasi O'zbekiston Respublikasining Davlat soliq qo'mitasi to'g'risidagi Nizomning bajarilishini ta'minlashda mahalliy bojхona idoralari bilan bahamjihat harakat qilinishini amalga oshiradi. Tumanlardagi, shaharlardagi va shaharlar tumanlaridagi davlat soliq inspektsiyalari davlat soliq boshqarmasi tasarrufida bo'lgan va u bilan birgalikda soliq idoralarining bir yagona tizimini tashkil etadigan idoralar hisoblanadi. Davlat soliq boshqarmasi o'zining faoliyati to'g'risida faqat O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi oldida javob beradi. Soliq inspekpiyasi esa o'zining bevosita rahbari bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 20:46:57
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.08 KB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Feb 2023 [ 20:46 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.08 KB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:04 ]
Arxiv ichida: doc