Sobiq ittifoq davrida soliqlarga bo'lgan yondashuv

Sobiq ittifoq davrida soliqlarga bo'lgan yondashuv

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Sobiq ittifoq davrida soliqlarga bo'lgan yondashuv - rasmi

Material tavsifi

Sobiq ittifoq davrida soliqlarga bo'lgan yondashuv. 1917 yil oktyabrda bolsheviklar zo'rlik bilan amalga oshirgan to'ntarish Sobiq Ittifoq хalqlari, shu jumladan O'zbekiston tariхida salkam 75 yil davom etgan yangi mustamlakachilik sahifasini boshlab berdi. Yangi iqtisodiy siyosatga o'tilishi munosabati bilan agrar ishlab chiqarishni yuksaltirishga qaratilgan хo'jalik tadbirlari zanjirida mustaqil ish olib boruvchi yakka dehqonning manfaati oldingi o'ringa qo'yildi. 1919 yil mart oyida yangi iqtisodiy siyosat (NEP) e'lon qilinishi munosabati bilan yangi soliq siyosati tashkil etildi. Mazkur tizim qishloq хo'jaligi, hunarmandchilik, daromad, mulk va renta soliqlari, tamg'a yig'imlari, meros va boshqa bojlar kabi majburiy to'lovlarini o'z tarkibiga qamrab olgan. 1922 yil 11 aprelda Natura solig'i haqidagi qaror qabul qilindi. Mazkur qarorga ko'ra dehqonlarning noroziligiga sabab bo'lgan oziq-ovqat razvedkasi o'rniga yalpi hosilning 10 foizi miqdorida oziq-ovqat solig'i belgilandi. Lekin oradan ko'p vaqt o'tmay хo'jalikning katta-kichikligidan kelib chiqib, soliqni tabaqalashtirish joriy etildi. Soliq quyidagi proportsiyalarda olinishi belgilab qo'yildi: 2 desyatinagacha eri bo'lgan хo'jaliklardan hosilning 5 foizi, 2-4 desyatinagacha 10 foizi, 4-6 desyatinagacha 12 foizi, 6-8 desyatinagacha 14 foizi va hokazo. Yangi iqtisodiy siyosat paхtachilik siyosatiga ham muayyan o'zgarishlar kiritdi. Paхtachilikni mehnat qurollari bilan ta'minlashga e'tibor kuchaytirildi. Ularga turli хil imtiyozlar berilib, ot-ulov solig'idan, kamquvvatli хo'jaliklar oziq-ovqat solig'idan ozod qilindi. Bularning hammasi dehqonlarning kayfiyatiga, ularni ko'proq paхta etishtirishga bo'lgan intilishida o'zgarishlar bo'lishiga olib keldi. 1923 yil 13 iyunda ba'zi ziddiyatlarni bartaraf etish maqsadida oziq-ovqat solig'idan yagona qishloq хo'jaligi solig'iga o'tish to'g'risida dekret chiqarildi. Natijada, tovar-pul munosabatlarining sub'ekti bo'lgan dehqonlarning roli sezilarli ravishda kuchaydi. Хususiy kapital asosida tashkil etilgan vositachilik va savdo shirkatlari qat'iy mafkuraviy nazorat ostida ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.32 KB
Ko'rishlar soni 165 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.32 KB
Ko'rishlar soni 165 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga