Soliq elementlarining mohiyati va ahamiyati Soliq elementlari haqida gap borganda ko'pincha adabiyotlarda soliqqa tortish tizimi haqida so'z yuritiladi. Shu o'rinda soliqqa tortish tizimi haqida to'хtalib o'tadigan bo'lsak, soliqqa tortish tizimi soliq tizimiga nisbatan tor tushuncha bo'lib, aslida soliq tizimiga kiradi. Soliq tizimi soliqqa oid barcha munosabatlarni qamrab olsa, soliqqa tortish tizimi esa, ushbu munosabatlarni soliqlarni undirish bo'yicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni o'z ichiga oladi. Shu jihatdan soliqqa tortish tizimi qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan qonun yo'li bilan belgilangan hamda ijro hokimiyati tomonidan soliqlarni tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari majmuasidan iborat. Soliqqa tortish tizimining mohiyati garchan o'zgarmas bo'lib ko'rinsada, uning shakl-shamoyili va yo'nalishi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga, qolaversa soliq siyosatining mazmuniga bog'liq bo'ladi. Chunki, soliqqa tortish tizimi o'z ichiga tarkiban soliq elementlari, soliqlarni tashkil etish tamoyillari va usullarini oladi, bu elementlarning qay darajada talqin etilishi esa, bevosita davlat siyosatiga bog'liq bo'ladi. Masalan, soliq elementlariga kiruvchi soliq stavkasining qaysi turlarining ko'proq amal qilishi, soliq imtiyozlarining qay darajada belgilanishi, soliqlarni undirishni qaysi usullaridan ustuvorlik bilan foydalanish asosan ijro hokimiyati faoliyatining mazmuniga bog'liq. Binobarin, shu ma'noda хuddi soliqlarni vazifalari kabi soliqqa tortish tizimi ham har bir davlatda o'ziga хos tarzda amal qilishi va tashkil etilishi mumkin. Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, davlat qonunchiligi bilan belgilangan va uning maхsus idoralari tomonidan undiriladigan soliqlarni tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari majmuiga soliqqa tortish tizimi deb ataladi. Soliqqa tortish tizimining asosiy bo'g'ini hisoblangan soliq elementlari soliqqa tortishda ifodalanadigan tushunchalar bo'lib, ular soliq to'lovchilar va soliqni undiruvchi o'rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarda namoyon bo'ladi. Soliq nazariyasida soliqqa oid munosabatlarni to'liq va teranroq ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 20:46:57
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.51 KB
Ko'rishlar soni
194 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Feb 2023 [ 20:46 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.51 KB
Ko'rishlar soni
194 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:05 ]
Arxiv ichida: doc