Soliq elementlarining tarkibi

Soliq elementlarining tarkibi

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Soliq elementlarining tarkibi - rasmi

Material tavsifi

Soliq elementlarining tarkibi Soliq elementlari bir nechta tushunchalardan iborat bo'lib, ularning aniq chegarasi belgilanmagan. Soliq elementlari: soliq sub'ekti, soliq ob'ekti, soliq predmeti, soliq manbai, soliqqa tortish birligi, soliq stavkasi, soliq imtiyozlari, soliq normasi, soliqni to'lash muddatlari, soliq yuki, soliq bazasini hisoblash usullari, soliqqa tortish usullari va shu kabi tushunchalarni qamrab oladi. Quyida soliq elementlarining har biriga qisqacha izoh beramiz. Soliq sub'ekti - soliq to'lash majburiyati yuklangan yuridik va jismoniy shaхslar yoki boshqacha qilib aytganda soliq sub'ekti - bu soliqqa oid munosabatlarning tashkil etuvchi tomonlarning o'zaro majmuasi bo'lib, unda bir tomondan soliq to'lovchilar (yuridik va jismoniy shaхslar) boshqa tomondan soliqni undirish vakolati yuklangan soliq хizmati organlari - Davlat soliq qo'mitasi, soliq boshqarmalari, tuman va shahar davlat soliq inspektsiyalari qatnashadi. O'z faoliyatida barcha yuridik va jismoniy shaхslar soliq sub'ekti sifatida namoyon bo'lmaydi. Chunki, bu erda soliqlardan batamom ozod etiluvchi yuridik va jismoniy shaхslar mavjudki, ular soliq sub'ekti sifatida soliq munosabatlarida ishtirok eta olmaydi. Аmmo, barcha soliq хizmati organlari soliq sub'ekti sifatida maydonga chiqadi. Soliq agenti - yuridik va jismoniy shaхslardan soliqni ushlab qolish va davlat byudjetiga o'tkazib beruvchi yuridik shaхslar. Bunda yuridik shaхslar, ular o'z faoliyatida bevosita yoki bilvosita ishga yollaganligi natijasida to'lanadigan ish haqidan, dividendlardan, doimiy muassasa orqali faoliyat ko'rsatmaydigan norezident yuridik va jismoniy shaхslardan ushlanishi lozim bo'lgan soliq summalarini ushlab qoladi va byudjetga o'tkazib beradi, ushlab qolinmagan, kam ushlab qolingan va o'z vaqtida o'tkazib berilmagan soliq summasi uchun javobgar bo'lib qolaveradi, ya'ni ushbu keltirilgan dalillardan aytishimiz mumkinki, har bir yuridik shaхs soliq munosabatlarida soliq sub'ekti bo'lishi bilan birgalikda soliq agenti ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.27 KB
Ko'rishlar soni 191 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.27 KB
Ko'rishlar soni 191 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga