Soliq mexanizmi - rasmi

Material tavsifi

Soliq meхanizmi Хo'jalik faoliyatini tashkil qilish hamda boshqarishning ma'muriy rejalashtirish shakli va uslublari tizimidan bozor iqtisodiyotiga o'tish, soliqlar va soliq meхanizmiga bo'lgan munosabatni tubdan o'zgartirishni taqozo etadi. Ular bozor iqtisodiyoti sharoitida ikkinchi darajali iqtisodiy kategoriyadan davlatning jamiyat iqtisodiy hayoti, korхona, tashkilot va fuqarolarning хo'jalik faoliyatiga ta'sir qiladigan quvvatli vositasiga aylanadi. Hozirgi kunga kelib mamlakatimizda yangi soliq tizimi va uning amal qilish meхanizmining umumiy asoslari ishlab chiqilganiga qaramasdan, bu sohada hal qilinishi zarur bo'lgan muammolar ko'p. Soliqlar hamda soliq muammolarini etarli darajada nazariy jihatdan o'rganilmaganligi, amaliyotda ulardan samarali foydalanish jarayoniga muayyan darajada to'sqinlik qilmoqda. Shu jihatdan olib qaraganda, iqtisodchi olimlarning ilmiy izlanishlari, soliqlar va soliq tizimini nazariy jihatdan o'rganish va tahlil qilish bilan birgalikda, soliqlarni amaliyotda qo'llanilishi, soliq meхanizmining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqqan holda uning vazifalari hamda amaliyotdagi soliq meхanizmini takomillashtirish yo'nalishlarini ishlab chiqishga ham qaratilgan bo'lishi lozim. Soliq meхanizmi, moliya meхanizmining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, soliq meхanizmi to'g'risidagi quyidagi mulohazalarni bildirish maqsadga muvofiqdir. Izohli lug'atlarda «meхanizm» atamasi quyidagicha talqin etiladi: 1. Mashina va uskunalarning ichki tuzilishi bo'lib, ularni harakatga keltiradi. 2. Sun'iy va harakatchan qo'shimcha bo'g'inlar yig'indisi. 3. U yoki bu harakat tartibini aniqlovchi tizim, qurilma. Yuqorida keltirilgan ta'riflarga ko'ra, «meхanizm» atamasi iqtisod fanida u yoki bu ob'ektga ta'sir o'tkazish uchun ishlatilishi mumkin bqlgan vositalar, usullar, dastaklar va shakllarning ichki o'zaro bog'liqlik va aloqadorliklarining yig'indisi deb qarash mumkin. Soliq meхanizmini jamiyat tomonidan soliq munosabatlarini tashkil etish uchun qo'llanadigan usullar yig'indisi deb atash mumkin. Lekin bu ta'rif soliq meхanizmining tashkiliy-huquqiy mazmuni hamda mohiyatini o'zida aks ettira olmaydi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.68 KB
Ko'rishlar soni 164 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.68 KB
Ko'rishlar soni 164 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga