Soliq siyosati va uning asosiy yo'nalishlari Reja 1. Soliq siyosati va uning huquqiy asoslari. 2. Soliq siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirishda davlatning roli. 3. O'zbekiston Respublikasi soliq siyosatining xususiyatlari va yo'nalishlari. 1. Soliq siyosati va uning huquqiy asoslari Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti bir tomondan uning ichki mexanizmiga bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan boshqaruvning xarakteriga, ijtimoiy-siyosiy holatga, muvozanatga bog'liq bo'ladi. Oddiy qilib aytganda ustqurmaga ham bevosita bog'liqdir. Mazkur jarayonda ijtimoiy siyosat alohida rol o'ynaydi. Ijtimoiy siyosat o'z navbatida ichki va tashqi madaniy-ma'rifiy, siyosiy, iqtisodiy siyosat kabilarga bo'linadi. Iqtisodiy siyosat ham o'z navbatida moliya, pul-kredit, byudjet, soliq siyosati kabi turlarda amal qilib, ularni yaxlitligi makroiqtisodiy darajada qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari faoliyatlarining asosiy ajralmas qismiga aylanadi. Shu o'rinda soliq siyosatining mazmuniga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, yuqorida qayd etilganidek, soliq siyosati - bu iqtisodiy siyosatning ajralmas bir bo'lagi bo'lib, davlatning muayyan davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyatidir. U tarkiban soliqlarni joriy etish, soliqqa oid huquqiy baza yaratish, joriy etilgan soliqlar va soliqsiz to'lovlarni amaliyotda ishlash mexanizmini shakllantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatning tegishli vakolatli organlari tomonidan kompleks tarzda olib boriladigan chora-tadbirlar yig'indisidir. Mamlakat soliq tizimi xususiyatlari, yo'nalishlari, qanday soliqlarning joriy etilishi, ular o'rtasidagi nisbatni ta'minlash kabi masalalarni soliq siyosati belgilab beradi. Soliq siyosatining huquqiy asoslari sifatida mustaqillikning dastlabki yillarida O'zbekiston Respublikasining 1991 yil 31 avgustdagi «O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to'g'risida» gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining «Korxonalar, tashkilotlar, birlashmalardan olinadigan soliqlar to'g'risida» gi (1991 yil 15 fevral), «O'zbekiston Respublikasining fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmaganlarning daromad solig'i to'g'risida» gi (1991 ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 20:46:57
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
144.4 KB
Ko'rishlar soni
318 marta
Ko'chirishlar soni
77 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 20:46 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
144.4 KB
Ko'rishlar soni
318 marta
Ko'chirishlar soni
77 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: docx