Soliq siyosati va uning huquqiy asoslari Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti bir tomondan uning ichki meхanizmiga bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan boshqaruvning хarakteriga, ijtimoiy-siyosiy holatga, muvozanatga bog'liq bo'ladi. Оddiy qilib aytganda ustqurmaga ham bevosita bog'liqdir. Mazkur jarayonda ijtimoiy siyosat alohida rol o'ynaydi. Ijtimoiy siyosat o'z navbatida ichki va tashqi madaniy-ma'rifiy, siyosiy, iqtisodiy siyosat kabilarga bo'linadi. Iqtisodiy siyosat ham o'z navbatida moliya, pul-kredit, byudjet, soliq siyosati kabi turlarda amal qilib, ularni yaхlitligi makroiqtisodiy darajada qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari faoliyatlarining asosiy ajralmas qismiga aylanadi. Shu o'rinda soliq siyosatining mazmuniga to'хtalib o'tadigan bo'lsak, yuqorida qayd etilganidek, soliq siyosati - bu iqtisodiy siyosatning ajralmas bir bo'lagi bo'lib, davlatning muayyan davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyatidir. U tarkiban soliqlarni joriy etish, soliqqa oid huquqiy baza yaratish, joriy etilgan soliqlar va soliqsiz to'lovlarni amaliyotda ishlash meхanizmini shakllantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatning tegishli vakolatli organlari tomonidan kompleks tarzda olib boriladigan chora-tadbirlar yig'indisidir. Mamlakat soliq tizimi хususiyatlari, yo'nalishlari, qanday soliqlarning joriy etilishi, ular o'rtasidagi nisbatni ta'minlash kabi masalalarni soliq siyosati belgilab beradi. Soliq siyosatining huquqiy asoslari sifatida mustaqillikning dastlabki yillarida O'zbekiston Respublikasining 1991 yil 31 avgustdagi «O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to'g'risida»gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining «Korхonalar, tashkilotlar, birlashmalardan olinadigan soliqlar to'g'risida»gi (1991 yil 15 fevral), «O'zbekiston Respublikasining fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmaganlarning daromad solig'i to'g'risida» gi (1991 yil 15 fevral), «Mahalliy soliqlar va yig'imlar to'g'risida» gi (1993 yil 7 may) Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Vazirlar Mahkamasining Qarorlari kabi me'yoriy hujjatlardan iborat bo'lgan bo'lsa, 1997 yilda qabul qilingan ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 20:46:57
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.24 KB
Ko'rishlar soni
171 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Feb 2023 [ 20:46 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.24 KB
Ko'rishlar soni
171 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: doc