Soliq siyosatini ishlab chiqish

Soliq siyosatini ishlab chiqish

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Soliq siyosatini ishlab chiqish - rasmi

Material tavsifi

Soliq siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirishda davlatning roli Yuqorida qayd qilinganidek, soliq siyosati davlat, ya'ni uning vakolatli organlari tomonidan olib boriladi. Agar ushbu vakolatli organlar hokimiyat turi nuqtai-nazaridan olib qaraladigan bo'lsa, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo'linadi. Ayrim hollarda davlatning soliq siyosati Davlat soliq qo'mitasi tomonidan olib boriladi, degan fikrlar uchraydi. Amalda esa soliq siyosati davlat hokimiyatining barcha bo'g'inlari Qonun chiqaruvchi, Ijro etuvchi va sud hokimiyatlari faoliyatlarining ajralmas qismi sifatida kompleks tarzda amalga oshiriladi. Bu hokimiyatlar tomonidan soliq siyosati quyidagi tartibda ishlab chiqiladi va uning ijrosi ta'minlanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat hisoblangan Oliy Majlis tomonidan soliqqa oid va unga bevosita tegishli bo'lgan qonunlar qabul qilinadi, o'zgartirish va va qo'shimchalar kiritiladi yoki ayrimlari bekor qilinadi. Demak, soliq siyosatining huquqiy negizlari mazkur hokimiyat faoliyati bilan bog'liqdir. Ijro hokimiyati bo'lgan Vazirlar Mahkamasi va uning bo'linmalari, Davlat Soliq Qo'mitasi, Moliya Vazirligi, Adliya Vazirligi, Iqtisodiyot Vazirligi, mahalliy hokimiyatlar va boshqa tegishli organlar tomonidan Oliy Majlis tomonidan qonun yo'li bilan joriy etilgan soliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan majburiy to'lovlarning ishlash mexanizmini ta'minlashga xizmat qiluvchi huquqiy me'yoriy hujjatlar orqali ularning ijrosi ta'minlanadi. Bunda albatta ijro hokimiyatining bir bo'g'ini hisoblangan Davlat soliq qo'mitasining soliq siyosati ijrosini ta'minlashdagi alohida o'ringa ega ekanligini qayd etish lozim. Bundan tashqari, har yilning oxirida kelgusi yil uchun amal qiladigan soliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan majburiy to'lovlar bo'yicha soliq stavkalarini tasdiqlash, o'zgartirishlar kiritish vakolati Vazirlar Mahkamasiga berilgan. Soliq siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bo'g'inlari bilan birga sud hokimiyatining bo'g'inlari ham alohida ahamiyatga ega. Sud hokimiyati tomonidan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.64 KB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:06 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.64 KB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga