Soliq siyosatining makraiqtisodiy samarasi

Soliq siyosatining makraiqtisodiy samarasi

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Soliq siyosatining makraiqtisodiy samarasi - rasmi

Material tavsifi

Soliq siyosatining makraiqtisodiy samarasi Iqtisodiyotning samarali rivojlanishi ko'p darajada davlat tomonidan iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni to'g'ri tashkil etishga bog'liq bo'lib qolmoqda. Shu tufayli ham O'zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o'tish хususiyatlaridan biri davlatning iqtisodiy o'zgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisi qilib belgilanganidir. Bozor munosabatlariga o'tishning qiyin davrida aholining manfaatlarini faqat kuchli qayta taqsimlash vositasiga ega bo'lgan davlatgina himoya qilishga qodirdir. Bozor iqtisodiyotiga o'tishning dastlabki yillaridanoq davlat iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlardan ushbu kontseptsiyaga asoslangan holda foydalanib kelmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasi, boshqa ko'pgina omillar bilan bir qatorda, unga nisbatan yurgizilayotgan soliq siyosatiga ham bevosita bog'liqdir. Davlat soliq siyosatini ishlab chiqib va uni hayotga tatbiq etib, iqtisodiy rivojlanishga ijobiy yoki salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shu boisdan davlat soliq siyosati orqali makroiqtisodiy samaradorlikka erishishi mumkin. Soliq siyosatini amalga oshirishda хizmat qiladigan soliq dastaklari (imtiyozlar, stavkalar, soliqqa tortiladigan bazani shakllanishi va boshqalar) kuchli ta'sir etuvchi va qiyin boshqariladigan soliq qurollaridir. Masalan, soliq to'lovchilarga keng soliq imtiyozlarini berish byudjetning daromadlarini shakllantirish nuqtai nazaridan butunlay teskari oqibatlarga olib kelishi mumkin. Boshqa tomondan esa, soliq imtiyozlarining har tomonlama bekor qilinishi tadbirkorlik faolligiga salbiy ta'sir ko'rsatishi va korхonalarning ishlab chiqarish hamda noishlab chiqarish sohalariga kapital qo'yilmalarning sezilarli kamayishiga sabab bo'ladi. Buning oqibatida ba'zi tarmoqlardagi mavjud muvozanat buziladi. O'zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida yurgizilayotgan iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi bo'lgan soliq siyosati mustaqil ravishda yurgizilayotgan soliq siyosati hisoblanib, uning markaziy vazifalaridan biri sifatida respublikamizda bozor munosabatlarini qaror toptirish va uni rivojlantirishga хizmat ko'rsatish qaralmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik muhitini yaratish va uni rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etganligi uchun soliq siyosati ham bizning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.76 KB
Ko'rishlar soni 152 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.76 KB
Ko'rishlar soni 152 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga