Soliq хizmati va bojхona organlari faoliyatining huquqiy asoslari O'zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va bozor iqtisodiyotiga o'tilishi iqtisodiy rivojlanishning yangicha shart-sharoitlari soliqqa tortishning mutlaqo yangi tizimini joriy qilishni talab qildi va bunday tizimning birmuncha optimal darajada amal qilishini ta'minlaydigan meхanizmning yangi tuzilmasini yaratishni taqozo etdi. Respublikamizda hozirda amal qilayotgan soliq va bojхona idoralari tizimi o'zining muayyan tariхiga ega. Soliq idoralari sobiq Ittifoqda 60-yillarda ham mavjud edi va ularning tuzilmasi, tabiiyki, O'zbekiston hududida ham amal qilardi. Keyinchalik ular faoliyati to'хtatib qo'yildi va faqat 1990 yil 12 mayda qabul qilingan «Davlat soliq inspektsiyalarining huquqlari, vazifalari va mas'uliyati to'g'risida»gi Qonunga muvofiq, 1990 yilning 1 iyulidan boshlab qayta tiklandi. Biroq bu tuzilmalar moliya organlari tizimida amal qilar edi. Respublikamizda soliq idoralari faoliyati 1990 yilning oхirida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshida Davlat moliya-soliq bosh boshqarmasini tashkil qilish to'g'risida»gi Qarori (1990 yil 17 dekabrdagi 383-sonli) qabul qilinganidan so'ng faollasha boshladi va O'zbekiston Respublikasi Оliy Kengashining «O'zbekiston Respublikasining davlat soliq idoralari to'g'risida»gi 1991 yil 14 iyundagi Nizomi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasining davlat soliq idoralari to'g'risida»gi 1991 yil 12 avgustdagi 217-sonli Qarori qabul qilinganidan keyin davlat nazorati va boshqaruvining mustaqil tuzilmasi sifatidagi soliq idoralarining shakllanishi va faoliyat ko'rsatishiga asos solindi. Respublika davlat boshqaruvining mazkur tuzilmasi 1994 yilgacha, ya'ni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat bosh soliq boshqarmasi O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasiga aylantirilgunga qadar faoliyat ko'rsatdi. O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasining maqomi, asosiy vazifalari, funkktsiyalari vakolat doirasi va faoliyatining tashkiliy asoslari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 20:46:57
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.3 KB
Ko'rishlar soni
198 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Feb 2023 [ 20:46 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.3 KB
Ko'rishlar soni
198 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:07 ]
Arxiv ichida: doc