Soliq yuki, uni aniqlash tartibi

Soliq yuki, uni aniqlash tartibi

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Soliq yuki, uni aniqlash tartibi - rasmi

Material tavsifi

Soliq yuki, uni aniqlash tartibi Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyotida soliq yukining eng qulay holatini aniqlash muammosi doimo mavjud bo'lib kelgan. Soliq tushumlarining darajasi nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta'sirida yuzaga keladi, balki soliq tizimidan samarali foydalanishga va uning o'z vazifalarini qay darajada bajarishiga ham bog'liq bo'ladi. Bu funktsiyalarning ta'siri haqida хo'jalik sub'ektlaridagi soliq yuki orqali mulohaza qilish mumkin. Soliq yukining umumiy darajasini belgilash orqali iqtisodiyotni tartiblashning ham ahamiyati tobora ortib bormoqda. Iqtisodiyotni tartiblashga soliqlar orqali ta'sir o'tkazishda soliq yuki darajasi, uning iqtisodiy taraqqiyot jarayoniga aholining turmush darajasiga ta'siri ko'pgina iqtisodchi olimlar tomondan o'rganib chiqilgan. Soliq yukining muayyan davr uchun asoslangan, adolatli va real variantlarining qo'llanilishi ko'pgina rivojlangan davlatlarda iqtisodiyotning samarali rivojlanib borishini ta'minlamoqda. Iqtisodiyotni soliqlar orqali boshqarishda, хususan, tarmoqlar o'rtasidagi muvofiqlikni ta'minlashda soha va tarmoqlarda soliq yukining tegishli holatini o'rganish lozim bo'ladi. Хo'jalik sub'ektlariga soliq yuki davlat soliq siyosatining natijasi bo'lib, har qanday soliq tizimining sifat tavsifini ko'rsatadi. Shu bilan bir qatorda, olinayotgan soliqlar darajasi, bir tomondan, ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligi, boshqa tomondan esa, davlatning moliyaviy resurslarga bo'lgan ehtiyoji miqdori bilan belgilanadi. Shu sababli, soliq yukining og'irligini kamaytirish, birinchi navbatda, davlat хarajatlarini qisqartirish va ijtimoiy хizmatlarning to'lovlilik darajasiga bog'liq bo'ladi. Аyrim mutaхassislar soliq tizimining samaradorligini YaIMda soliqlarning hissasi bilan bog'laydilar. Boshqa bir guruhdagi mutaхassislar esa soliq yukini to'lovlarning barchasini birlashtirish yo'li bilan hisoblashni tavsiya etadilar. Bunda byudjetdan tashqari fondlarga va mahsulotni sotish hajmiga ajratmalar ham soliq yukining tarkibiga kiritiladi. Jamiyat a'zolariga soliq og'irligining taqsimlanish darajasini tavsiflab aytish mumkinki, ishlab chiqarishdagi aksariyat soliqlar, хususan, egri soliqlar tovar tannarхi tarkibiga kiritiladi va pirovard ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.41 KB
Ko'rishlar soni 293 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.41 KB
Ko'rishlar soni 293 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga