Soliqlar tizimi asoslari

Soliqlar tizimi asoslari

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Soliqlar tizimi asoslari - rasmi

Material tavsifi

Soliqlar tizimi asoslari Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va obyektiv zarurligi. Soliq va boshqa majburiy to'lovlarning turlari va elementlari. Soliqka tortish obyekti va iqtisodiy mohiyati bo'yicha soliqlarning turkumlanishi. Soliq tizimining huquqiy asoslari. Soliq to'lovchilarning huquq va majburiyatlari. 1.Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va obyektiv zarurligi Soliqlar davlatning paydo bo'lishi bilan vujudga kelgan. Soliqlar davlatning faoliyat ko'rsatishida moddiy asos bo'lib xizmat qiladi. Soliqlarsiz biron-bir davlat faoliyat ko'rsataolmaydi. Shuning uchun jamiyatda Soliqlarning amal qilishi obyektiv zaruriyat bo'lib hisoblanadi. Ma'lumki, jamiyatni tashkil etuvchi barcha subyektlar ishlab chiqarish sohalarida faoliyat kursata olmaydi, ularni bir qismi ishlab chiqarish bilan shug'ullansa, qolgan qismi esa noishlab chiqarish sohalarida faoliyat ko'rsatadi. Ushbu sohalar bir-biri bilan bog'liqbo'lsada, moliyalashtirish sohasida ularda bog'liqlik mavjud emas. Ishlab chiqarish bilan band bo'lgan subyektlar noishlab chiqarish subyektlarini bevosita mablag' bilan ta'minlamaydilar, bevosita ta'minlashni xech vaqtda buyniga olmaydilar, aksincha ular ushbu jarayonni rad etadilar. Shuning uchun noishlab chiqarish sohasi bo'lgan ijtimoiy jabxolarda band bo'lganlarni mablag' bilan ta'minlash, ya'ni ularni moliyalashtirish faqat davlat orqali amalga oshiriladi. Ushbu jarayonni moliyalashtirishni asosiy manbai bo'lib, davlat tomonidan jalb qilinadigan Soliqlar va ularga tenglashtirilgan majburiy to'lovlar hisoblanadi. Ma'lumki, ijtimoiy sohalar bo'lib , madaniyat, fan, tibbiyot kabilar jabhalar hisoblanadi. Bu sohalarning xizmatlarini barcha subyektlar, shu jumladan ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi subyektlar xam iste'mol qiladi. Bularning iste'moli barcha subyektlar uchun umumiy bo'ladi. Shuning uchun umumiy iste'molni moliyalashtirishda jamiyat a'zolarining xammasi qatnashishi shart. Moliyalashtirish vazifasini, asosan davlat o'z foydasiga jamiyat a'zolaridan undiriladigan Soliqlar va ularga tenglashtirilgan boshqa majburiy to'lovlar orqali amalga oshiradi. Demak, davlat umumxalq manfaatlarini o'zida gavdolantiruvchi, ularni himoya qiluvchi va moliyaviy mablag'lar bilan ta'minlovchi siyosii ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.53 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.53 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga