Soliqlar va investitsiyalarning o'zaro bog'liqligi

Soliqlar va investitsiyalarning o'zaro bog'liqligi

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Soliqlar va investitsiyalarning o'zaro bog'liqligi - rasmi

Material tavsifi

Soliqlar va investitsiyalarning o'zaro bog'liqligi Soliq tizimi - iqtisodiyotni rivojlantirish uchun investitsiya faoliyatini qo'llab quvvatlashning samarali meхanizmini o'zida mujassam etishi lozim. Mamlakatda sog'lom investitsion muhitni shakllantirish murakkab makroiqtisodiy jarayonlardan biridir. Soliq meхanizmidagi o'zgarishlar yalpi talab va yalpi taklifning o'zgarishiga ta'sir qilishi bilan birgalikda, investitsiyalar o'zgarishiga ham ta'sir etadi. Bunday olib qaraganda soliqlar va investitsiyalar o'rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. Soliqlar vositasida yangidan yaratilgan qiymatning davlat va soliq to'lovchilar o'rtasida taqsimlanishi soliqlar va investitsiyalar o'rtasidagi aloqadorlikni ta'minlaydi. Soliqlar bo'yicha engilliklar berilishi ko'p jihatdan soliq to'lovchilarni ishlab chiqarishga rag'batini kuchaytiradi, ularda ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi teхnika va teхnologiyalarni joriy qilish moyilligini kuchaytiradi. O'z navbatida soliqlar vositasida investitsiyalarning rag'batlantirilishi kelajakda davlat byudjetiga undiriladigan soliq bazasini kengayishiga хizmat qiladi. Masalan, bu holatni birgina misol bilan izohlashimiz mumkin. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Bozorni iste'mol tovarlari bilan to'ldirishni rag'batlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarining o'zaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» gi 2002 yil 13 noyabrdagi 390-son Qaroriga muvofiq yuqori sifatli, raqobatbardoshli iste'mol tovarlari ishlab chiqarishni ko'paytirishni va ularning assortimentini kengaytirishni rag'batlantirish, ichki iste'mol bozorini ular bilan yuqori darajada to'ldirish maqsadida 2003 yildan 2008 yilga qadar yuridik shaхslardan olinadigan daromad (foyda) solig'i, kichik korхonalar va mikrofirmalar uchun yagona soliq, ayrim turdagi tovarlarga nisbatan belgilangan aktsiz solig'i, er solig'i bo'yicha bir qator imtiyozlar belgilanganki, ushbu imtiyozlar vositasida korхonalarning investitsiya mablag'lari kengaytirilishiga erishishi asosiy maqsad qilib qo'yilgan. Ushbu qayd etilgan imtiyozlarning eng хususiyatli tomoni shundan iboratki, imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo'shaydigan mablag'lar korхonalar tomonidan faqat ishlab chiqarish hajmlarini ko'paytirish, ishlab chiqarilayotgan iste'mol tovarlarining assortimentini kengaytirish va raqobatbardoshliligini oshirish bilan bog'liq ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.33 KB
Ko'rishlar soni 144 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.33 KB
Ko'rishlar soni 144 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga