Soliqlarga oid g'oyalar va nazariyalar talqini

Soliqlarga oid g'oyalar va nazariyalar talqini

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Soliqlarga oid g'oyalar va nazariyalar talqini - rasmi

Material tavsifi

Iqtisodiy ta'limotlarda soliqlarga oid g'oyalar va nazariyalar talqini Soliqlarning mohiyati to'g'risidagi qarashlar va ularning jamiyat iqtisodiy tizimidagi o'rni jamiyat munosabatlarining rivojlanishi bilan mos ravishda rivojlanib bormoqda. Soliqqa tortish to'g'risidagi qarashlarning shakllanishi bir necha bosqichlardan iborat bo'lib, boshlang'ich bosqichlarda soliqlarga iqtisodiy kategoriya sifatida qaralgan bo'lsa, so'ngi bosqichlarida ularning huquqiy jihatlariga ko'proq e'tibor qaratila boshlandi. Soliqqa tortish ilk ko'rinishlaridan biri - bu mag'lub bo'lgan davlatdan sovg'a tariqasida undirilgan. Mag'lub bo'lgan davlatning hamma boyliklari g'olib davlatga harbiy mukofot sifatida va xarajatlarini qoplash uchun o'tgan. Keyinchalik mag'lub bo'lgan davlat g'olib davlatni moddiy jihatdan ta'minlab turishlari (yoki pul to'lab turishlari) shart edi. Boshqacha qilib aytganda - soliqlarning birinchi shakli mag'lublardan soliq (yoki mag'lublar solig'i) sifatida undirilgan. Davlatchilik munosabatlari rivojlanishining dastlabki bosqichlarida va tinchlik paytlarida soliqqa tortish tizimi zarur qurbonlik sifatida jamiyatning ixtiyoriy emas, balki majburiy talablariga asoslangan tarzda amalga oshirilgan. O'sha davrning o'zidayoq soliqning muhim belgisi - majburiylik sezilib turardi. Bundan tashqari soliqqa tortish hali takomillashmagan bo'lsa ham, uning muhim elementlaridan biri - soliq stavkasi ajralib turgan. Moiseyning beshligida shunday deyilgan … va barcha yerdagi donlarning va daraxt hosillarining 110 qismi Xudoga tegishlidir, ya'ni birinchi daromad solig'i stavkasi 10 foizni tashkil etgan. Qadimgi Misrda va ko'plab sharqiy davlatlarda soliq davlat boshlig'iga tegishli bo'lgan yerdan foydalanganlik uchun ijara haqi sifatida undirilgan. Dastlabki feodal davlatlarida soliqlar davlat boshlig'iga sovg'a sifatida berilgan. Tasodif emaski o'rta asrlarda Angliyada soliq va sovg'a so'zlari deyarli sinonim so'zlar bo'lib, ikkilasi ham gift so'zi bilan ifodalangan. Germaniyada esa soliqning nomi davlat tomonidan soliq to'lash murojaati bilan bog'liq bo'lgan. Keyingi davrlarda soliqlarga xalqni o'z ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.68 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.68 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga