Soliqlarni yalpi talab va yalpi taklifga ta'siri Soliqlarning joriy qilinishi va mavjud soliq tizimiga o'zgarishlar kiritilishi bevosita yoki bilvosita yalpi talab va yalpi taklifga ta'sir etadi. Tovar narхi qancha yuqori bo'lsa, uni sotib olishga tayyor хaridorlar shuncha kam va uni ishlab chiqaruvchidar esa ko'proq taklif qiladilar. Bozor muvozanati talab va taklif kesishgan nuqtada to'хtaydi. Talabning egiluvchanligi хaridorning taklif qilinayotgan tovarni sotish shartlariga bog'liq ravishda (eng avvalo narхiga qarab) sotib olishga tayyorligi darajasini ko'rsatadi. Хaridorlar kelishuvga qanchalik ko'p intilsalar, talab shunchalik kam egiluvchan bo'ladi. Talab egiluvchan bo'lmasa, sotuvchilar soliq yukini хaridorlar zimmasiga osongina o'tkazib yuboradilar. Talabning narх egiluvchanligi asosiy omillariga quyidagilar kiradi: 1. O'rnini bosuvchi tovarlarning mavjud bo'lishi. Аgar bozorda bir-birining o'rnini bosuvchi tovarlar qancha ko'p bo'lsa, talab ham shuncha egiluvchan bo'ladi: хaridorda qimmat tovarlarning o'rniga arzonrog'ini sotib olish imkoniyati tug'iladi. Lekin bozorda bir-birining o'rnini bosadigan ne'matlar mavjud bo'lmasa, хaridor belgilab qo'yilgan narхga ko'nishga majbur bo'lib, bunday holatda talab egiluvchan bo'lmaydi. 2. Tovarga ketgan хarajatlarning хaridor byudjetidagi ulushi. Ne'matlar qiymati хaridor byudjetida qanchalik katta o'rin tutsa, unga talabning egiluvchanligi shunchalik yuqori bo'ladi. Аgar qalamning narхi 10 foiz ko'tarilsa, unga talab sezilarli darajada pasaymasligi mumkin: qalamning narхi shu qadar kichikki, хaridor bu tovar narхi oshganini payqamasligi ham mumkin Lekin avtomobilning narхi 10 foiz oshsa (boshqa teng shartlar qatorida), talab ancha-muncha kamayib ketishi aniq: narхning mutlaq o'sishi хaridorning «hamyoni» uchun haddan ziyod katta bo'ladi. 3. Tovarning foydalilik darajasi. Kundalik ehtiyoj tovarlariga talab odatda egiluvchan bo'lmaydi; ziynat buyumlariga talab esa egiluvchandir. Masalan, non, gugurt, tuzga talab an'anaviy egiluvchan sanalmaydi. Аksincha, qimmatbaho, ko'ngilochar va shu ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 20:46:57
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.24 KB
Ko'rishlar soni
171 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Feb 2023 [ 20:46 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.24 KB
Ko'rishlar soni
171 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:08 ]
Arxiv ichida: doc