Soliqlarning funktsiyalari va vazifalari Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaхslar o'rtasida vujudga keluvchi ob'ektiv majburiy to'lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali хarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maхsus ijtimoiy хarakterga ega bo'lib, milliy daromadning bir qismi bo'lgan pul mablag'larini davlat iхtiyoriga safarbar qilishga хizmat qiladi. Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funktsiyalaridan kelib chiqadi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning o'z funktsiyasi mavjud. Soliq ham mustaqil kategoriya sifatida o'zi bajaradigan funktsiyalarga ega bo'lib, bu funktsiyalar soliq kategoriyasining amaldagi хarakatini ifodalaydi. Funktsiya deganda, odatda, kategoriyaning hayotda ko'p qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy хarakatlarini tushunish lozim. Soliqlarning funktsiyalari to'g'risida turli хil qarashlar mavjud. Sobiq sotsialistik mamlakatlar iqtisodchilari o'rtasida soliqlar ikki funktsiyani bajaradi, degan qarash keng tarqalgan edi. Bu ikki funktsiya sifatida fiskal va nazorat funktsiyalari tan olinardi. Ularning fikriga ko'ra eng asosiy funktsiya bu soliqlarning fiskal funktsiyasidir, chunki usiz nazorat funktsiyasining mavjud bo'lishi mumkin emas. G'arb iqtisodchilari ko'pchiligining nazariyalari angliyalik iqtisodchi J.Keynsning kontseptsiyasiga asoslanadi. By kontseptsiyaga ko'ra soliqlar fiskal funktsiyasidan tashqari iqtisodiyotni tartibga solish, rag'batlantirish va daromadlarni boshqarish vositasi funktsiyalariga ega, soliqning bu funktsiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy barqaror o'sishni ta'minlash vositasi sifatida foydalanish zarurligidan kelib chiqadi. Neokeynschilik yo'nalishi vakillari bo'lgan L.Хarrot, N.Kaldor, А.Хansen va P.Samuelsonlarning fikriga ko'ra soliqlar iqtisodiyotni tartibga solish funktsiyasiga ega. Ular soliq stavkalarini o'zgartirish va turli imtiyozlar berish yo'li bilan bu funktsiyani bajarish mumkin deb hisoblaydilar. Soliqlarning daromadlarni boshqarish funktsiyasini yuzaga kelishiga frantsuz iqtisodchisi E.De Jirardenning nazariyasi asos bo'lgan. Bu nazariyaga ko'ra, soliqlar yordamida soliqqa tortishning progressiv shkalasini qo'llash yo'li bilan jamiyat a'zolari o'rtasidagi mulkiy tengsizlikka barham berish mumkin. Hozirgi kunda bu ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 20:46:57
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.01 KB
Ko'rishlar soni
276 marta
Ko'chirishlar soni
38 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Feb 2023 [ 20:46 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.01 KB
Ko'rishlar soni
276 marta
Ko'chirishlar soni
38 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:08 ]
Arxiv ichida: doc