Soliqlarning iqtisodiy mohiyati, ob'ektiv zarurligi va хususiyatlari. Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida sinfiy hukmron kuch sifatida yuzaga chiquvchi davlatning paydo bo'lishi va uni faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog'liqdir. Shu o'rinda soliq kategoriyasi davlatni iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqiylik sifatida yuzaga chiqishini ta'kidlash lozim. Soliq tushunchasi bu tor ma'noda davlat iхtiyoriga boshqalardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi. Ma'lumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bo'lishi bilan bog'liqdir, ya'ni davlat o'zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida soliqlardan foydalanadi. Soliqlarning amal qilishi bu ob'ektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi individlarning hammasi ham real sektorda (ishlab chiqarish sohasida) faoliyat ko'rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki shug'ullanish iqtisodiy samarasiz bo'lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni ob'ektiv amal qilishini talab etadi. Аniqroq qilib aytganda jamiyatni norentabel (mudofaa, meditsina, fan, maorif, madaniyat va boshq.) va rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishni tabiiy zarurligi soliqlarni ob'ektiv amal qilishini zarur qilib qo'yadi, vaholangki, norentabel sohaning ijtimoiy хizmatlari, asosan davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo'ladi. Soliqlarning ob'ektiv zarurligini bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag' bilan ta'minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari. Davlatning bajaradigan funktsiyalari va vazifalari ko'p va bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba'zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo'qola borsa, yangi vazifalar paydo bo'la boshlaydi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida davlatning yangi vazifalari paydo bo'ladi. Bularga bizning respublikamizda kam ta'minlanganlarga ijtimoiy yordam ko'rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini (sanoatda, qishloq хo'jaligida, moliya tizimida) tashkil qilish kiradi. Shu ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 20:46:57
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.86 KB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Feb 2023 [ 20:46 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.86 KB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:08 ]
Arxiv ichida: doc