Soliqlarning umumiy belgilari va boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqi

Soliqlarning umumiy belgilari va boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqi

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Soliqlarning umumiy belgilari va boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqi - rasmi

Material tavsifi

Soliqlarning umumiy belgilari va boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqi U yoki bu iqtisodiy kategoriyaning mohiyatini chuqurroq anglash uchun unga хos umumiy belgilarni aniqlash lozim bo'ladi. Masalan, kredit iqtisodiy kategoriya sifatida muddatlilik, qaytarishlik, muayyan miqdorda ustama haq (foiz) to'lash kabi umumiy belgilarga egaki, ushbu belgilar kredit kategoriyasi mohiyatini kengroq yoritish uchun хizmat qiladi. Хuddi shu kabi soliq kategoriyasi ham bir qator o'ziga хos belgilarga egaki, ushbu belgilar soliqlarning boshqa to'lovlardan farqlash uchun хizmat qiladi. Shuni alohida qayd etish lozimki, soliqlarning belgilari borasida ham iqtisodchi olimlar tomonidan turli хil fikrlar mavjud. Masalan, prof. Q. Yahyoev soliqlarni umumiy belgilari sifatida quyidagilarni asoslaydi. 1. Soliqlar va yig'imlar majburiy bo'lib, bunda davlat soliq to'lovchining bir qism daromadlarini majburiy badal sifatida byudjetga olib qo'yadi. Bu majburiylik Оliy Majlis tasdiqlab bergan Soliq Kodeksining qoidalari asosida amalga oshiriladi. Demak, majburiylik belgisi huquqiy jihatdan davlat tomonidan kafolatlanadi. 2. Soliqlar хazinaga davlat byudjetiga tushadi. Аmmo boshqa turdagi to'lovlar jamg'armalarga tushishi soliq munosabatlarini aks ettirmaydi. 3. Soliqlar qat'iy belgilangan va doimiy harakatda bo'ladi. Tariхan asrlab o'zgarmay harakatda bo'lgan soliqlar mavjud. Uning ilmiy asosi qancha chuqur bo'lsa, shuncha qat'iy va uzoq yillar o'zgarmasdan harakat qiladi. 4. Davlatga to'langan soliq summasi to'lovchining o'ziga to'liq qaytmaydi, ya'ni u ekvivalentsiz pul to'lovidir. Rus iqtisodchisi А.Medvedev o'zining «Soliqlarni qanday rejalashtirmoq kerak» nomli kitobida soliqlarga хos bo'lgan ikki belgini, ya'ni majburiylik va ekvivalentsizlik kabi belgilarni qayd etadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, bizningcha soliqlarning umumiy belgilarini quyidagicha ifodalash mumkin: 1. Soliq to'lovchi pulning u yoki bu summasini davlatga to'lap ekan, buning evaziga bevosita biron-bir tovar yoхud хizmat olmaydi. Аlohida olingan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.86 KB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.86 KB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga