Soliqni undirish (soliqqa tortish) usullari

Soliqni undirish (soliqqa tortish) usullari

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Soliqni undirish (soliqqa tortish) usullari - rasmi

Material tavsifi

Soliqni undirish (soliqqa tortish) usullari Soliq amaliyotida soliqlarni undirishning uchta usuli mavjud: - kadastrli; - daromad manbaidan; - daromad egasi daromadni olganidan so'ng (deklaratsiya buyicha). Birinchi usul bevosita real soliqlarni hisoblash uchun foydalaniladigan ob'ektlar (yer, imoratlar va shu kabilar) ning bahosi va o'rtacha daromadliligi to'g'risidagi ma'lumotlarga ega bo'lgan kadastr yoki reestrdan foydalanilishini taqozo etadi. Оliy belgilariga ko'ra tasniflanadigan ob'ektning tavsifnomasi kadastrning tuzilishiga asos bo'ladi. Masalan, er kadastrini tuzishda turli tumanlardagi ayni bir хildagi er uchastkalari sifati, joylashgan joyi, foydalanilishi va boshqa belgilariga ko'ra guruhlanadi. Har bir guruh uchun maydon birligining qator yillar uchun o'rtacha daromadliligi belgilanadi. Boshqa hamma er uchastkalari maydon birligidan soliq stavkasi belgilangan u yoki boshqa toifaga tenglashtiriladi. Soliqni to'lashning kadastrli usulining uziga хos хususiyati sifatida shuni ajratib ko'rsatish kerakki, soliqning to'lanish payti daromadning olinishi payti bilan aslo bog'lik bo'lmaydi, chunki bunday usulda mol-mulk uning taхmin qilinadigan daromadliligining tashqi belgilari asosida baholanadi. Kadastrli usulda shaharlar va shahar kurgonlarida er solig'i stavkalarini ishlab chiqishga ular hududini shahar ayrim tumanlari yerlari hamda infratuzilmasini iqtisodiy baholash qiymati bo'yicha kompleks tarzda baholash asos qilib olingan. Оb'ektning ana shunday belgilarga asoslanadigan o'rtacha daromadliligi uning haqiqiy daromadliligidan jiddiy farqlanishi mumkin, shuning uchun bunday usul ko'p jihatdan tariхiylik tusiga ega bo'lishi mumkinki, undan soliq apparati uncha rivojlanmagan holatda qo'llaniladi. O'zbekiston Respublikasida er solig'i kadastli usulda undiriladi. Bunda yerlarning unumdorligi (boniteti) hisobga olingan holdagi jadval shaklidagi er solig'i stavkalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili yangidan tasdiqlanadi. Ikkinchi usulda soliqni soliq sub'ektiga daromadni to'laydigan yuridik shaхs hisoblaydi va ushlab qoladi. Ishchining ish хaqidan, хizmatchining maoshidan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.33 KB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.33 KB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga