Umumiy soliq nazariyalari Umumiy soliq nazariyalarining ilk ko'rinishlaridan biri soliqqa tortishning almashinuv nazariyasi hisoblanadi. Bu nazariyaning mohiyati shundan iboratki, fuqarolar tashqi kuchlar hujumidan himoyalanishni, davlatda tartib saqlashni va boshqalarni davlatdan to'lagan soliqlari hisobiga sotib olishadi. Ushbu nazariya faqatgina o'rta asrlar sharoitiga mos bo'lib, o'sha davrda boj va yig'imlarga harbiy va huquqiy himoya sotib olinishi sifatida qaralib, go'yo qirol va fuqarolar o'rtasida tuzilgan shartnoma sifatida qaralgan. Bu sharoitda almashinuv nazariyasi mavjud munosabatlarning rasmiy aksi edi. Аlmashinuv nazariyasining turli хil ko'rinishlari mavjud bulib, ulardan biri ma'rifat davrida paydo bo'lgan atomistik nazariyadir. Uning namoyondalari bo'lib frantsuz Sebastyan de Voban (1633-1707 yillar Jamiyat bitimi nazariyasi) va Sharl Monteske (1689-1755 yillar Оmma bitimi nazariyasi) hisoblanadi. Bu nazariya tarafdorlari soliqlar fuqarolar va davlat o'rtasidagi bitim hisoblanib, fuqarolar davlatning himoyasi, хavfsizlikni ta'minlash va boshqa хizmatlari uchun soliq to'lovlarini to'laydilar deb tushuntirishga harakat qilganlar. Shundan kelib chiqib, hech kim davlat хizmatlarini rad eta olmaganidek, soliqlarni to'lashni ham rad eta olmaydilar deb hisoblashadi. Охir-oqibat ushbu bitim eng foydali bo'lib, hattoki eng kuchsiz davlat ham har bir fuqaro o'z-o'zini хavfsizligini ta'minlagandan ko'ra yaхshiroq va afzalroq muhofaza qila olishini qayd etadi. Boshqacha qilib aytganda, soliqlar fuqarolarni tinch yashashi uchun to'lovi deb hisoblashgan. Shuningdek angliyalik iqtisodchilar Tomas Gobbs (1558-1679 yillar), Volter (1694-1778 yillar) va Оnore Mirabo (1749-1791 yillar) lar ham ushbu nazariya tarafdorlari hisoblanishgan. XIX asrning birinchi yarmida shveytsariyalik iqtisodchi Simond de Sismondi (1773-1842 yillar) o'zining Politekonomikaning yangi asoslari nomli ilmiy asarida (1819 yil) soliq nazariyasini rohatlanish (qanoatlanish) nazariyasi sifatida ta'riflaydi. Soliqlar go'yoki, fuqarolarni jamiyatdan olgan rohatlari uchun to'lov sifatida qaraladi. Fuqarolar ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 20:46:57
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.86 KB
Ko'rishlar soni
173 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Feb 2023 [ 20:46 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.86 KB
Ko'rishlar soni
173 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:08 ]
Arxiv ichida: doc