Aktsiz solig'i bo'yicha imtiyozlar va soliq stavkalari Aktsiz to'lanadigan tovarlar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi O'zbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to'g'risidagi PQ-1675-sonli qaroriga muvofiq aktsiz solig'i stavkalari tovarning qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor) va (yoki) naturada ifodalangan o'lchov birligiga mutlaq summada (qatiy) belgilanadi. Aktsiz solig'ini hisoblab chiqarish soliq qonunchiligiga muvofiq aniqlanadigan soliq solinadigan bazadan va aktsiz solig'ining belgilangan stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Soliq qonunchiligiga muvofiq hisoblab chiqarilgan aktsiz solig'ining summasi soliq qonunchiligida belgilangan chegirma summasiga kamaytiriladi. Quyidagilarga aktsiz solig'i solinmaydi: 1) Aktsiz to'lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aktsiz to'lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno. 2) Keyinchalik O'zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti bilan bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo'lgan aktsiz to'lanadigan tovarlarni topshirishga. 3) O'zbekiston Respublikasining bojxona hududiga: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida. Davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan hayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik ko'mak ko'rsatish maqsadida. O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo'yicha xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan zayomlar (kreditlar) mablag'lari hisobiga, shuningdek grantlar hisobiga yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan, aktsiz to'lanadigan tovarlarni import qilishga. 4) Aktsiz to'lanadigan tovarlarni O'zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aktsiz solig'i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilishga. O'zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aktsiz solig'i solinmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish normalarining eng yuqori chegarasi qonun hujjatlarida ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.88 KB
Ko'rishlar soni
280 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.88 KB
Ko'rishlar soni
280 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: docx