Aksiz solig'i to'lovchilar. Soliq obyekti va bazasi. Aksiz solig'ini to'lovchilari bo'lib, mulk shaklidan va soliqqa tortishning qanday tartibi o'rnatilganligidan qat'iy nazar aksizosti tovarlarni ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi. Bundan tashqari, oddiy shirkat aksiz to'lanadigan tovarlarni ishlab chiqarganda oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi aksiz solig'ini to'lovchi bo'lib hisoblanadi. Soliqqa tortish maqsadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo'jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo'lgan va o'z majburiyatlari bo'yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va hisob-kitob varag'iga ega bo'lgan alohida korxonalar tushuniladi. Soliq kodeksining 230-moddasiga ko'ra quyidagi operatsiyalar aksiz solig'i solinadigan obyekt hisoblanadi: 1) aksiz to'lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan: - tovarni sotish (jo'natish); - garov bilan ta'minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qo'yilgan aksiz to'lanadigan tovarlarni garovga qo'yuvchi tomonidan topshirish; - aksiz to'lanadigan tovarlarni bepul topshirish; - aksiz to'lanadigan tovarlarni ish beruvchi tomonidan ish haqi hisobiga yollangan xodimga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda topshirish yoki hisoblangan dividendlar hisobiga yuridik shaxsning muassisiga (ishtirokchisiga) topshirish; - aksiz to'lanadigan tovarlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun topshirish; 2) aksiz to'lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa yoki pay badali tariqasida yoxud oddiy shirkat shartnomasi bo'yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida topshirish; 3) aksiz to'lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ishtirokchisiga (muassisiga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoki yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi, tugatilganligi (bankrotligi) munosabati bilan topshirish, shuningdek oddiy shirkat shartnomasi doirasida ishlab chiqarilgan aksiz to'lanadigan tovarlarni mazkur shartnoma sherigiga (ishtirokchisiga) uning shartnoma ishtirokchilari umumiy mulkidagi ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.49 KB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.49 KB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: docx