Aktsiz solig'i va uning soliq tizimida tutgan o'rni Aktsiz solig'ining asosiy vazifasi mablag' yig'ishdan iborat, yani u fiskal funksiyani to'liq bajaradi. Bozor iqtisodiyoti jarayonlari rivojlanib borgan sari aktsiz solig'i fiskal funksiya bilan bir qatorda boshqa vazifalarni ham bajara boshlaydi. Davlat iqtisodiyotni tartibga solish va ichki milliy bozorni rivojlantirishda hamda himoyalashda asosan aktsiz solig'iga tayanadi. Davlat aktsiz solig'i orqali mamlakat hududiga ayrim tovarlarni ko'proq olib kirish yoki olib chiqish va buning aksini ifodalovchi vazifalarni bajarishi mumkin. Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar bevosita va bilvosita soliqlarga bo'linadi. Bilvosita soliqlarni huquqiy to'lovchilari mahsulot (ish, xizmat)ni yuklab yuboruvchilar hisoblanadi. Lekin soliq og'irligini haqiqatan ham byudjetga to'lovchilari tovar ish, xizmatni istemol qiluvchilardir, yani egri soliqlarning barchasi bevosita iste'molchilar zimmasiga tushadi. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) qiymati ustiga qo'shimcha ravishda qo'yiladi Bilvosita soliqlar, xususan aktsizlar soliq tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Dastlab soliq tizimi vujudga kelishida to'g'ri, yani bevosita soliqlar shakllanib, keyinchalik davlatning vazifalari kengayib borgandan so'ng bilvosita soliqlar, xususan aktsiz solig'i paydo bo'ldi va amaliyotga kiritildi. Aktsizlar- tovarlar uchun qo'yiladigan bilvosita soliqlarning bir turi bo'lib, qo'shilgan qiymat solig'idan farqli malum bir chegaralangan tur va guruhdagi mahsulotlarning narxiga qo'shiladi. «Aktsiz» so'zi fransuz tilidan kelib chiqqan bo'lib, chopib tashlash manosini bildiradi.28 Bu yerda ushbu to'lovning o'ziga xos xususiyatlari kelib chiqadi. Aktsizlar tovar narxiga qo'shiladi va davlatga uning qiymatidan bir qismini olishga yoki kesib olishga imkon beradi. Ustiga qo'yilgan qo'shimcha narx mahsulot ishlab chiqarishning unumdorligini yoki biron bir alohida xususiyatlarini bildirmaydi, balki aktsiz tvarlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilishning alohida sharoitlaridan kelib chiqib belgilanadi. Bilvosita soliqlar xususan, aktsiz solig'i ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.76 KB
Ko'rishlar soni
234 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.76 KB
Ko'rishlar soni
234 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: docx