Aktsiz solig'ini hisoblash va to'lash tartibi Aktsiz to'lanadigan tovarlar oluvchiga jo'natilgan (topshirilgan) kun, aktsiz to'lanadigan tovarlarga doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshirilgan sanadir. Garovga qo'yilgan aktsiz to'lanadigan tovarlar garovga qo'yuvchi tomonidan topshirilgan taqdirda, garov narsasiga bo'lgan mulk huquqi o'tgan sana garovga qo'yuvchi uchun realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanadir. Aktsiz solig'ining stavkalari mutlaq summada (qatiy) belgilangan aktsiz to'lanadigan tovarlar bo'yicha soliq solinadigan baza aktsiz to'lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi asosida aniqlanadi. Aktsiz solig'ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan ishlab chiqarilayotgan aktsiz to'lanadigan tovarlar bo'yicha, realizatsiya qilingan aktsiz to'lanadigan tovarlarning aktsiz solig'i hamda qo'shilgan qiymat solig'i kiritilmagan qiymati soliq solinadigan bazadir. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadga soliq qonunchiligida tutilgan hollarda tuzatish kiritish ko'rsatilgan hollar yuz bergan soliq davrida amalga oshiriladi. Aktsiz to'lanadigan tovarlar eksportini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardir: Eksport qilinadigan aktsiz to'lanadigan tovarlarni yetkazib berish uchun tuzilgan kontrakt. Tovarlarni eksport rejimida chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgisi qo'yilgan bojxona yuk deklaratsiyasi. O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidagi o'tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar tayinlangan mamlakatga jo'natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo'yilgan tovarga ilova qilinadigan hujjatlar. Aktsiz to'lanadigan tovarlar olinayotganda yoki O'zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilinayotganda, agar mazkur tovarlardan keyinchalik aktsiz to'lanadigan tovarlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida foydalanilgan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasi hududida to'langan aktsiz solig'i summasi chegirib tashlanadi. Aktsiz to'lanadigan tovar (xom ashyo) yetkazib beruvchilar mazkur tovar (xom ashyo) bo'yicha aktsiz solig'i summasini hisobvaraq-fakturada ajratib ko'rsatishlari kerak. Olinayotgan aktsiz to'lanadigan tovar (xom ashyo) bo'yicha aktsiz solig'i summasi hisobvaraq-fakturada ajratib ko'rsatilmagan bo'lsa, aktsiz solig'ining mazkur summasi chegirib tashlanmaydi. Chegirma soliq davrida realizatsiya qilingan aktsiz ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.95 KB
Ko'rishlar soni
231 marta
Ko'chirishlar soni
34 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.95 KB
Ko'rishlar soni
231 marta
Ko'chirishlar soni
34 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: docx