Aksiz solig'ini joriy etilishi, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati

Aksiz solig'ini joriy etilishi, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Aksiz solig'ini joriy etilishi, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Aksiz solig'ini joriy etilishi, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati Egri soliqlar tovar va xizmatlar narxlariga pirovard natijada iste'molchi tomonidan to'lanadigan ustamadir. Shunday qilib, egri soliqlarni o'z daromadlarini tovar yoki xizmatlar sotib olish maqsadlariga sarflaydigan shaxslargina to'laydilar. Bir qarashdan, har qanday shaxs tegishli tovar va xizmatlar xarididan o'zini tiyib, egri soliqlardan xoli bo'lishi mumkindek tuyuladi. Lekin hayotda soliqdan bu tariqa qutulib bo'lmaydi, chunki amalda keng iste'mol tovarlari va xizmatlar jami xajmi egri soliqqa tortiladi. Egri soliqlarning bojxona bojlari; aksizlar hamda tovar va xizmatlar iste'moliga solinadigan boshqa soliqlar; bitimlarga solinadigan soliqlar; korxonalarning ijtimoiy sugo'rta jamg'armalariga to'laydigan badallari kabi to'rt turi bo'ladi. Bojxona bojlari tovarlar importi, eksporti va tranzitidan undiriladigan egri soliqlardir. Rivojlangan mamlakatlarda asosan bojxona import bojlari qo'llaniladi. Asosiy iste'mol tovarlari (spirtli ichimliklar, pivo, tamaki mahsulotlari, yengil avtomobil va hoka'zolar)ning narxlariga ustama bo'lgan aksizlar egri soliq, solishning asosiy shaklidir. - O'zbekistonda aksiz solig'i 1992 yilda qo'shilgan qiymat solig'i bilan birgalikda oborot solig'i va sotuvdan olinadigan soliqlar o'rniga joriy qilingan. Uning qo'shilgan qiymat solig'idan farqli tomoni shundaki, u ayrim tovarlar va mahsulotlarni chegaralab olgan va u bajarilgan ish, ko'rsatilgan xizmatlarga nisbatan qo'llanilmaydi. Aksiz solig'i individual xarakterga ega bo'lib, faqat aksiz osti tovarlarga nisbatan qo'llaniladi. Aksiz solig'i qo'shilgan qiymat solig'iga tortiladigan bazada va narxda hisobga olinadigan yuklab jo'natilgan tovarlar qiymatining bir qismini bilvosita soliq sifatida byudjetga undirish shakli hisoblanadi. Aksiz solig'i Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda salmoqli o'rin egallaydi, jumladan, davlat byudjetining soliqli daromadlari tarkibida 200 yilda 22,8 foizni, 2001 yilda 26,3 foizni, 2002 yilda 28,8 foizni, 2003 yilda 31,1 foizni tashkil etgani holda 2006 yilgi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 83.96 KB
Ko'rishlar soni 387 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:01 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 83.96 KB
Ko'rishlar soni 387 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga