Aksiz solig'ini to'lash va hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi, muddatlari. Soliq to'lovchilar soliq davri mobaynida joriy to'lovlarni kiritish orqali aksiz solig'ini to'laydilar. Aksiz solig'i bo'yicha joriy to'lovlarning summasini aniqlash uchun soliq to'lovchilar joriy soliq davri birinchi oyining 10-kunigacha davlat soliq xizmati organiga joriy soliq davri uchun aksiz to'lanadigan tovarlarni realizatsiya qilishning taxmin qilinayotgan hajmi hamda aksiz solig'ining belgilangan stavkasidan kelib chiqib hisoblangan aksiz solig'ining summasi haqida ma'lumotnoma taqdim etadilar. Aksiz solig'i bo'yicha joriy to'lovlar har oyning 25-kunidan kechiktirmay yil choragi bo'yicha aksiz solig'i summasining uchdan bir qismi miqdorida to'lanadi. Aksiz to'lanadigan tovarlarni realizatsiya qilishning taxmin qilinayotgan hajmidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan aksiz solig'i summasi soliq davri uchun byudjetga to'lanishi lozim bo'lgan aksiz solig'i summasiga nisbatan 10 foizdan ko'proq kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy to'lovlarni byudjetga to'lanishi lozim bo'lgan aksiz solig'ining haqiqiy summasidan kelib chiqib penya hisoblagan holda qayta hisoblashga haqli. Aksiz solig'ini to'lash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi. Import qilinadigan tovarlar bo'yicha aksiz solig'ini to'lash bojxona to'g'risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Aksiz markalari bilan tamg'alanishi lozim bo'lgan import qilinadigan aksiz to'lanadigan tovarlar bo'yicha aksiz solig'i aksiz markalari olinguniga qadar to'lanadi. O'zbekiston Respublikasi hududiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan, aksiz to'lanadigan tovarlarga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko'ra ro'yxatlar va stavkalar bo'yicha aksiz solig'i solinadi. Aksiz to'lanadigan tovarlar bo'yicha aksiz solig'i bojxona xizmatlari tomonidan so'mlarda undiriladi va har 5 kunda Respublika byudjetiga kirim qilinadi. Olib kiriladigan, aksiz to'lanadigan tovarlarga aksiz solig'ining hisobi va uning byudjetga kelib tushishi ustidan nazoratni O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmatining hududiy ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.44 KB
Ko'rishlar soni
178 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.44 KB
Ko'rishlar soni
178 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: docx