Aktsiz solig'ining o'ziga xos xususiyatlari Aktsiz solig'iga tortiladigan tovarlar ro'yxati va ularning stavkalari qonun orqali O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan, mamlakatdagi holatdan kelib chiqib belgilanadi. Masalan, mamlakatdagi inflyatsiya darajasi yuqori bo'lgan holatlarda. 2007 yil 23 noyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan, 2007 yil 30 noyabrda Senat tomonidan maqullangan, 2007 yil 25 dekabrda O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov tomonidan tasdiqlangan 2008 yil 1 yanvardan etiboran kuchga kirgan O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29 dekabrdagi O'zbekiston Respublikasining 2009 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to'g'risidagi PQ-1024-son qaroriga asosan 14 turdagi O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan aktsizli tovarlar va 59 turdagi tovar guruhidagi O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan aktsizli tovarlar ro'yxati va ularning stavkalari belgilab berilgan. 3. Aktsiz solig'i to'lovchilar tarkibi va soliqqa tortish obyekti Aktsiz solig'i to'lovchi yuridik va jismoniy shaxslar quyidagilardir: O'zbekiston Respublikasi hududida aktsiz solig'i solinadigan tovarlarni (aktsiz to'lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar. O'zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aktsiz to'lanadigan tovarlarni import qiluvchilar. Oddiy shirkat aktsiz to'lanadigan tovar ishlab chiqargan taqdirda, oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi (ishtirokchisi). Aktsiz to'lanadigan tovarlarning ayrim turlari bo'yicha aktsiz to'lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi bo'lmagan shaxs O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan aktsiz solig'ini to'lovchi etib belgilanishi mumkin. Quyidagi operatsiyalar aktsiz solig'i solinadigan obyektdir: Aktsiz to'lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan: Tovarni sotish (jo'natish). Garov bilan ta'minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qo'yilgan aktsiz to'lanadigan tovarlarni garovga qo'yuvchi tomonidan topshirish. Aktsiz to'lanadigan tovarlarni bepul topshirish. Aktsiz to'lanadigan tovarlarni ish beruvchi tomonidan ish haqi hisobiga yollangan xodimga qonun hujjatlarida ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20 KB
Ko'rishlar soni
173 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20 KB
Ko'rishlar soni
173 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: docx