Aloqa korxonalarida soliq munosabatlarini tartibga solishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish yo'llari Respublikamizda tadbirkorlik subyektlarining erkin faoliyat yuritishlari uchun har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ular zimmasidagi soliq yukining kamaytirilishi, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha soliq hisobotlarining soddalashtirilishi tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ruxsatnoma berish tartiblarining engillashtirilishi, ular faoliyatiga asossiz aralashuvlarning oldi olinishi tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga munosib hissa qo'shmoqda. Belgilangan tartibda qonun hujjatlariga to'liq rioya etib, faoliyat ko'rsatayotgan, o'z intilishi va harakatlari bilan jamoasining qonuniy manfaatlarini ko'zlagan holda ishlab kelayotgan hamda davlatimiz byudjetiga o'zining munosib hissasini qo'shish orqali Respublikamiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida faol ishtirok etayotgan tadbirkorlar manfaatlari doimo davlatimiz himoyasidadir. Respublikamiz Prezidenti va Hukumati tomonidan tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlash borasida ko'rilayotgan barcha amaliy chora-tadbirlar eng avvalo qonunga itoatkor tadbirkorlarga yanada ko'mak berish maqsadida amalga oshirilmoqda va bu talabni hamma tadbirkorlarimiz to'g'ri manoda tushunib olishlari lozim. Yaratilayotgan qulay shart-sharoitlarga qaramasdan, davlat soliq xizmati organlari tomonidan o'tkazilayotgan nazorat tadbirlarida tadbirkorlik subyektlari tomonidan noqonuniy faoliyat yuritish soliqqa oid qonun hujjatlari talablarini bajarmaslik hollari uchramoqda. Ushbu tavsiyalar soliq to'lovchilar faoliyatida ko'plab uchraydigan kamchiliklar va ularni bartaraf etishga doir aniq va tushunarli tarzda bayon etilgan va tadbirkorlik subyektlari etibor berilishi lozim bo'lgan bazi masalalarni o'z ichiga oladi. Mazkur tavsiyalar, O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, soliqqa oid boshqa qonun hujjatlari, Prezidentimiz va Vazirlar Mahkamasining sohaga tegishli qarorlari asosida ishlab chiqilgan. Xo'jalik yurituvchi subyektlar ayniqsa aloqa korxonalarining molyaviy-xo'jalik faoliyati yuzasidan o'tkazilgan tekshirishlar tahlili bo'yicha, tadbirkorlik subyektlari tomonidan keng tarqalgan hamda doimiy ravishda yo'l qo'yilayotgan xato va kamchiliklar quyidagilardan iborat: buxgalteriya hisobini yuritish va soliq ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.28 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.28 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: doc