Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar uchun sug'urta badallarini hisoblab chiqarish va to'lash

Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar uchun sug'urta badallarini hisoblab chiqarish va to'lash

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar uchun sug'urta badallarini hisoblab chiqarish va to'lash - rasmi

Material tavsifi

Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar uchun sug'urta badallarini hisoblab chiqarish va to'lashning o'ziga xos xususiyatlari. Soliq to'lovchining kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qat'i nazar, yakka tartibdagi tadbirkorlar sug'urta badallarini majburiy tartibda oyiga eng kam ish haqidan kam bo'lmagan miqdorda to'laydi. Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo'jaliklarining a'zolari sug'urta badallarini ixtiyoriylik asosida yiliga eng kam ish haqining to'rt yarim baravaridan kam bo'lmagan miqdorda to'laydi. Belgilangan miqdordagi sug'urta badallarining to'lanishi dehqon xo'jaligi a'zosining mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi. Yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo'lgan, shuningdek I va II guruh nogironlari bo'lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo'jaliklarining a'zolari uchun sug'urta badalining miqdori uning belgilangan miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak. Sug'urta badallarini to'lash quyidagicha amalga oshiriladi: -yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - har oyda tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning 25-kunidan kechiktirmay; -yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo'jaliklarining a'zolari - hisobot yilining 1 oktabrigacha. Bunda sug'urta badallarining miqdori to'lov kunidagi eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Тo'lov topshiriqnomasida (kirim orderida) soliq to'lovchining identifikatsiya raqami va to'lov to'lanayotgan davr albatta ko'rsatilishi shart. Agar davr ko'rsatilmagan bo'lsa, to'lov u amalga oshirilayotgan oy (dehqon xo'jaliklari a'zolari uchun - yil) uchun to'langan deb hisoblanadi. Yagona ijtimoiy to'lovni hisoblash va byudjetga to'lashda quyidagi me'yoriy miqdorlar belgilangan: 1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29 dekabrdagi PQ-1024-son O'zbekiston Respublikasining 2009 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to'g'risidagi qarori 7-bandiga muvofiq, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.54 KB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:01 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.54 KB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga