Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko'rsatish huquqi uchun yig'imni to'lovchilari va hisoblash tartibi

Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko'rsatish huquqi uchun yig'imni to'lovchilari va hisoblash tartibi

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko'rsatish huquqi uchun yig'imni to'lovchilari va hisoblash tartibi - rasmi

Material tavsifi

Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko'rsatish huquqi uchun yig'imni to'lovchilari va hisoblash tartibi. Soliq kodeksining 23-moddasiga ko'ra ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko'rsatish huquqi uchun yig'im mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar tarkibiga kiradi va u mahalliy byudjet daromadlaridan biri hisoblanadi. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko'rsatish huquqi uchun yig'imning to'lovchilari bo'lib, O'zbekiston Respublikasi hududida ushbu tovarlar bilan qonunchilikda belgilangan tartibda chakana savdoni amalga oshiradigan va ayrim turdagi xizmatlarni ko'rsatadigan yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi. Ushbu yig'im ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdoni amalga oshirish va ayrim turdagi xizmatlarni ko'rsatish huquqini olish uchun to'lanadi. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko'rsatish huquqi ruxsat guvohnomasi bilan tasdiqlanadi. Ruhsat guvohnomasi joylardagi mahalliy hokimiyat organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi. Ayrim tovar turlarining va xizmatlarning ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadi. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko'rsatish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi yuridik shaxs yoki yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi jismoniy shaxslarga o'z arizalarida ko'rsatilgan muddatlarga, lekin ushbu muddat qonunchilikda nazarda tutilgan muddatdan ortiq bo'lmagan muddatga beriladi. Jumladan, yuridik shaxslarga ko'pi bilan -3 yil, jismoniy shaxslarga -2 yil. Yig'imlar o'rnatilgan minimal ish haqi miqdoriga nisbatan belgilanadi. 2016 yil 1 yanvardan boshlab ayrim tovar turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig'im alkogolli mahsulotlar uchun -1 oylik savdo uchun eng kam oylik ish haqi miqdorining 5 baravari miqdorida, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 12.9 KB
Ko'rishlar soni 201 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:01 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 12.9 KB
Ko'rishlar soni 201 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga