Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga majburiy ajratmalarni hisoblash va to'lash tartibi Kalendar yil soliq davridir. Hisobot davri quyidagilardir: mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun - yil choragi. mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to'lovchilar uchun - bir oy. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga majburiy ajratmalar har oyda soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga majburiy ajratmalarning hisob- kitobi soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan: mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo'yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda. mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to'lovchilar tomonidan - har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo'yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga majburiy ajratmalarni to'lash hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi. 5.Respublika yo'l jamg'armasiga majburiy to'lovlarning o'ziga xos xususiyatlari Respublika yo'l jamg'armasiga majburiy ajratmalar soliq solinadigan bazadan va tasdiqlangan stavkadan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab chiqariladi. Kommunal xo'jalik tizimining issiqlik, suv va gaz ta'minoti korxonalari uchun - mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) qo'shilgan qiymat solig'i va tegishincha issiqlik ta'minoti korxonalari uchun issiqlik quvvatining, suv ta'minoti korxonalari uchun suvning, gaz ta'minoti korxonalari uchun tabiiy gazning xarid qiymati chegirib tashlangan holda realizatsiya qilingan hajmi. Qurilish, qurilish-montaj, ta'mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun - o'z kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, ta'mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarining qo'shilgan qiymat solig'i chegirib tashlangan holdagi qiymati. Vositachilik xizmatlari ko'rsatuvchi, ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: docx