Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga majburiy ajratmalarni to'lovchilar va soliq solish obyekti

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga majburiy ajratmalarni to'lovchilar va soliq solish obyekti

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga majburiy ajratmalarni to'lovchilar va soliq solish obyekti - rasmi

Material tavsifi

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga majburiy ajratmalarni to'lovchilar va soliq solish obyekti Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga majburiy ajratmalarni to'lovchilar quyidagilardir: yuridik shaxslar - O'zbekiston Respublikasining rezidentlari. oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik (ishtirokchi) - yuridik shaxs. Quyidagilar byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga majburiy ajratmalarning to'lovchilari bo'lmaydi: notijorat tashkilotlar, bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olgan daromadlari mustasno. yagona soliq to'lovini to'lovchi yuridik shaxslar. Sof tushum byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga majburiy ajratmalarning soliq solish obyekti va soliq solinadigan bazasidir. Soliq solish obyekti va soliq solinadigan baza quyidagilardir: 1) kommunal xo'jalik tizimining issiqlik, suv va gaz ta'minoti korxonalari uchun - mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) qo'shilgan qiymat solig'i va tegishincha issiqlik ta'minoti korxonalari uchun issiqlik quvvatining, suv ta'minoti korxonalari uchun suvning, gaz ta'minoti korxonalari uchun tabiiy gazning xarid qiymati chegirib tashlangan holda realizatsiya qilingan hajmi. 2) qurilish, qurilish-montaj, ta'mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun - o'z kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, ta'mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarining qo'shilgan qiymat solig'i chegirib tashlangan holdagi qiymati. Bunda, agar yuqorida qayd etilgan ishlarni materiallar bilan ta'minlash majburiyati shartnomaga binoan buyurtmachining zimmasida bo'lsa, ushbu materiallarga bo'lgan mulk huquqi buyurtmachining o'zida saqlanib qolgan taqdirda, o'z kuchlari bilan bajarilgan ishlarni realizatsiya qilishdan olinadigan tushum bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan holdagi qiymati sifatida belgilanadi. 3) vositachilik xizmatlari ko'rsatuvchi, shu jumladan tovarlarni sotish bo'yicha,vositachilik va topshiriq shartnomalari bo'yicha hamda vositachilik xizmatlari ko'rsatishga oid boshqa shartnomalar bo'yicha vositachilik xizmatlari ko'rsatuvchi yuridik shaxslar uchun - ko'rsatilgan xizmatlar uchun qo'shilgan qiymat solig'i chegirib tashlangan holdagi haq summasi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.76 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:01 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.76 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga