Byudjetdan tashqari jamg'armasiga majburiy ajratmalar joriy etilishi, iqtisodiy mohiyati va to'lovchilari O'zbekiston Respublikasi fuqarolari pensiya yoshiga etganda, mehnat qobiliyatini to'liq yoki qisman yo'qotganda, boquvchisiz qolganda ijtimoiy yordam olish bo'yicha konstitutsiyaviy huquqga egadirlar. Ushbu huquqiy me'yorlar O'zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentabrda qabul kilgan «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minot to'g'risida»gi Qonunida ham belgilab berilgan. Pensiya ta'minoti tizimidagi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish davlat ijtimoiy sug'o'rtasi bo'yicha majburiy badallar to'liq yig'ilishini samarali tashkil qilish, amaldagi boshqaruv tuzilmalarini qisqartirish hamda pensiyalar va nafaqalar to'lashga yo'naltiriladigan mablag'lardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 200 yil 15 noyabrdagi O'zbekiston Respublikasi pensiya ta'minotini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi 44-sonli qarori bilan byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga mablag' to'plash va mablag' to'liq tushishi ustidan nazorat qilish funksiyasi O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi zimmasiga yuklatildi va byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga majburiy to'lovlar soliqlarga tenglashtirildi. Pensiya jamg'armasining daromadlari va xarajatlari har yili O'zbekiston Respublikasining yig'ma byudjeti tarkibiga kiritiladigan bo'ldi hamda Pensiya jamg'armasiga majburiy ajratmalarni hisoblab chiqish va to'lash tartibi buzilganligi uchun xo'jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan moliyaviy ja'zolar qo'llanilishi, shu jumladan to'lovlar o'z vaqtida to'lanmaganligi uchun penya hisoblanishi qonun hujjatlarida belgilab qo'yildi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga mablag'lar to'plash tartib qoidalari Vazirlar Mahkamasining 200 yil 23 dekabrdagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi mablag'larini shakllantirish va sarflash tartibi to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi 498-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida 2004 yilgacha amalga oshirilib keldi. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli qarori bilan byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga ajratmalarni hisoblash va to'lash tartiblarini soddalashtirish maqsadida, byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga ajratmalar, bandlik fondiga ajratmalar va kasaba uyushmalari jamg'armasiga ajratmalar birgalikda yagona ijtimoiy ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.97 KB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.97 KB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: docx