Daromadlar to'g'risidagi deklaratsiyani taqdim etish va to'lash tartibi Soliq to'lovchilar daromadlar bo'yicha jami yillik daromad to'g'risidagi deklaratsiyani doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay taqdim etadi. Deklaratsiya qilinishi shart bo'lmagan daromadlarni olgan soliq to'lovchilar doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga jami yillik daromadlari to'g'risidagi deklaratsiyani ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi rezidenti bo'lgan chet ellik jismoniy shaxs o'tgan soliq davri uchun daromadlar to'g'risida joriy yilning 1 apreligacha deklaratsiya taqdim etadi. Chet ellik jismoniy shaxs - O'zbekiston Respublikasining rezidenti soliq solinishi lozim bo'lgan daromad keltirayotgan faoliyatini kalendar yili ichida tugatgan va O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketayotgan bo'lsa, uning O'zbekiston Respublikasi hududida turgan vaqtda joriy soliq davrida haqiqatda olgan daromadlari to'g'risidagi deklaratsiya mazkur jismoniy shaxs O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketishidan bir oy avval taqdim etilishi lozim. Agar chet ellik jismoniy shaxs - O'zbekiston Respublikasining rezidenti joriy yilning 1 fevraliga qadar doimiy yashash uchun xorijga chiqib ketayotgan bo'lsa, joriy yil uchun daromadlar bo'yicha deklaratsiya taqdim etilmaydi. Taqdim etish tartibi daromadlar to'g'risidagi deklaratsiya bo'yicha hisoblab chiqarilgan jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqni to'lash deklaratsiya topshirilgan paytdan etiboran o'n besh kun ichida amalga oshiriladi. Grant olgan jismoniy shaxs daromadlar to'g'risidagi deklaratsiyani topshirayotganda grant bo'yicha olingan daromad summasini, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i miqdorini, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish bo'yicha organning tegishli xulosasini ko'rsatadi. Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad olayotgan jismoniy shaxs belgilangan tartibda daromadlar to'g'risidagi quyidagi deklaratsiyalarni taqdim etadi: dastlabki deklaratsiyani - shunday daromadlar yuzaga kelgan kundan etiboran ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.82 KB
Ko'rishlar soni
217 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.82 KB
Ko'rishlar soni
217 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: doc