Davlat shaharsozlik kadastrida yer o'chastkari va ko'chmas mulk obyektlari ro'yxatga olish

Davlat shaharsozlik kadastrida yer o'chastkari va ko'chmas mulk obyektlari ro'yxatga olish

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Davlat shaharsozlik kadastrida yer o'chastkari va ko'chmas mulk obyektlari ro'yxatga olish - rasmi

Material tavsifi

1-Mavzu : Davlat shaharsozlik kadastrida yer uchastkalari va ko'chmas mulk obyektlarini ro'yxatga olish Davlat shaharsozlik kadastri - aholi yashash joylari hududlaridagi barcha yer maydonlari bo'yicha tizimlashtirilgan, ishonchli ma'lumotlar to'plami (ma'lumotlar bazasi). Davlat shaharsozlik kadastrida har bitta yerdan foydalanuvchi subyekt bo'yicha yerdan foydalanuvchining, yer egasi yoki mulkdorining nomi ko'rsatiladi, yuridik maqomi, yer uchastkalarining umumiy shakli, joylashgan o'rni, maydoni, yer turlari, toifa-lari, ularning qulayliklari, sifati va bahosi to'g'risidagi mukammal ma'lumotlar beriladi. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish tartibi Davlat shaharsozlik kadastri: Shaharsozlik kodeksiga, Davlat kadastrlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi to'g'risidagi Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq yuritiladi. Davlat shaharsozlik kadastri - bu Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari, ularning jug'rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to'g'risidagi yangilab boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir. Davlat shaharsozlik kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va aholi punktlari hamda qishloqlar o'rtasidagi hududlarni rivojlantirishni, hududlarni rivojlantirish to'g'risidagi shaharsozlik hujjatlari talablariga rioya qilish asosida hayot faoliyatining qulay sohasini, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma tizimlari faoliyatini maqbullashtirishni axborotlar bilan ta'minlash maqsadida yuritiladi. Shaharsozlik faoliyati amalga oshiriladigan aholi punktlari hududlari va hududlarining hamda qishloqlar o'rtasidagi hududlarning qismlari Davlat shaharsozlik kadastrining obyektlari hisoblanadi. Shaharsozlik faoliyati deyilganda davlat organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning hududlarni, aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan re-jalashtirish sohasidagi faoliyati, yer uchaskalaridan foydalanish turlarini belgilash, fuqarolarning, jamoatchilik va davlat manfaatlarini, shuningdek ko'rsatib o'tilgan hududlar va aholi punktlarining milliy, tarixiy-madaniy, ekologik, tabiiy xususiyatlarini hisobga olgan holda qurilish materiallari va buyumlarini ishlab ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 4.92 MB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:01 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 4.92 MB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga