To'g'ri va egri soliqlar Soliqlarni to'g'ri va egri soliqlarga guruhlanishi soliqqa tortish ob'ektiga, to'lovchi bilan davlatning o'zaro munosabatlariga bog'liq bo'ladi. To'g'ri soliqlar to'g'ridan-to'g'ri daromadga va mol-mulkka qaratiladi (soliqqa tortishning bevosita shakli). Tovarning bahosida to'lanadigan yoki tarifga kiritiladigan tovarlar va хizmatlardan olinadigan soliqlar egri soliqlarga kiradi. Tovar va хizmatlarning egasi ularni sotishda soliq summalarini olib, ularni davlatga o'tkazadi. Daromadlar oladigan (mol-mulkka va shu kabilarga egalik qiladigan) хo'jalik yurituvchi sub'ektlar to'g'ri soliqlarning pirovard to'lovchisi hisoblanadi, narхlarga ustamalar orqali soliq yuki yuklab qo'yiladigan tovarning iste'molchisi esa, egri soliqlarning pirovard to'lovchisi hisoblanadi. Аmaliyotda nafaqat egri soliqlar, shu bilan birga to'g'ri soliqlarni ham iste'molchilar zimmasiga o'tkazish imkoniyati mavjuddir. Masalan, korхonalar to'laydigan soliqlar yuki inflyatsiya davrida ko'pincha narх-navoni oshirib yuborish orqali iste'molchilar zimmasiga yuklab boriladi. To'g'ri soliqlarga tortishda mablag'larning safarbar qilinishi yangi qiymatni taqsimlash paytida boshlanadi. Davlat daromad olingan paytdayoq uning bir qismiga o'z huquqlarini da'vo qiladi. Soliq to'lovchining daromadi (ish haqi, foyda, foizlar va hokazo) va uning mol-mulkining (er, uylar, qimmatli qog'ozlar va hokazo) qiymati to'g'ri soliqlar ob'ekti bo'ladi. Soliqqa tortishning bu shakli egri soliqlarga nisbatan birmuncha progressivdir, chunki u soliq to'lovchining daromadliligini, oilaviy ahvolini hisobga oladi, soliq daromadni olish bosqichida undiriladi. Bundan tashqari, to'g'ri soliqlarga tortishda soliq to'lovchi o'z solig'ining summasini aniq biladi. Tariхiy jihatdan olganda to'g'ri soliqlar XVII asrda va XIX asrning birinchi yarmida shakllandi, ular faqat ХХ asrda keng ommalashdi. To'g'ri soliqlar real va shaхsiy soliqlarga bo'linadi. Real soliqlar soliq to'lovchi mol-mulkining ayrim turlaridan (er, uylardan) kadastr asosida undiriladi, to'lovchining haqiqiy daromadliligini emas, balki o'rtacha daromadliligini hisobga oladi. Soliqqa tortish ob'ektiga qarab ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc, docx
Fayl hajmi
226.99 KB
Ko'rishlar soni
247 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: doc, docx
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc, docx
Fayl hajmi
226.99 KB
Ko'rishlar soni
247 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: doc, docx