Elektron soliq hisobotlarining istiqbollari

Elektron soliq hisobotlarining istiqbollari

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Elektron soliq hisobotlarining istiqbollari - rasmi

Material tavsifi

Elektron soliq hisobotlarining istiqbollari Bugungi kunda tobora rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalaridan jamiyat taraqqiyotining barcha jabhalarida keng foydalanilmoqda. Buning ta'siri nafaqat inson turmush tarzi, balki, uning kasbiy faoliyatida ham ijobiy o'zgarishlarga sabab bo'lmoqda. Bularni etiborga olgan holda mamlakatimizda elektron hujjat aylanishi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 iyuldagi «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-117-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida yurtimizda bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Shulardan biri Davlat soliq qo'mitasi tomonidan soliq to'lovchi yuridik shaxslar uchun yaratilgan interaktiv xizmatlardir. Bugungi kunda soliq to'lovchi yuridik shaxslar o'z elektron raqamli imzolari bilan soliq hisobotlarini elektron shaklda topshirish imkoniyatiga to'la egalar. Bundan ikki-uch yil oldin hisobotlarni elektron tartibda internet orqali topshirish hech kimning xayoliga ham kelmagan edi. hozir esa Respublikamizning ixtiyoriy nuqtasidan turib internet tarmog'iga ulangan holda Davlat soliq qo'mitasining saytiga ulanish va hisobotlarni tegishli davlat soliq inspeksiyalariga yuborish mumkin. Bundan tashqari, Davlat soliq qo'mitasi sayti orqali nafaqat hisobotlarni topshirish, balki byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg'armalardan mavjud qarzdorliklar to'g'risida taqqoslama dalolatnoma, shaxsiy hisobvaraqdan nusxa, yuridik shaxslarning so'roviga asosan xo'jalik yurituvchi subyektlarning tekshirishlar reja-jadvalidan ko'chirma ham olish mumkin. Shu o'rinda elektron raqamli imzoni qaerdan olish mumkin, degan o'rinli savol tug'iladi. Yuridik shaxslar elektron raqamli imzoni o'zlari ro'yxatdan o'tgan davlat soliq inspeksiyasidan olishadi. Xo'jalik yurituvchi subyekt rahbari DSI boshlig'i nomiga elektron raqamli imzo olish uchun xat bilan murojaat qiladi. DSI masul xodimlari tomonidan maxsus dasturiy mahsul yordamida DSQ Yangi texnologiyalar ilmiy axborot markazlaridan elektron raqamli imzo olib beriladi. 2010 yil 1 yanvardan boshlab elektron raqamli imzo uchun to'lov joriy etilgan. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.55 KB
Ko'rishlar soni 210 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.55 KB
Ko'rishlar soni 210 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga