Foyda solig'i stavkalari va ularni tabaqalanishi

Foyda solig'i stavkalari va ularni tabaqalanishi

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Foyda solig'i stavkalari va ularni tabaqalanishi - rasmi

Material tavsifi

Foyda solig'i stavkalari va ularni tabaqalanishi Yuridik shaxslarning foyda solig'i stavkalari har yili O'zbekiston Respublikasi Prezidentining keyingi yil uchun makroiqtisodiy ko'rsatkichlar prognozi va davlat byudjeti parametrlari to'g'risidagi qarori bilan tasdiqlanadi. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i stavkasi pasayish tendensiyasiga ega bo'lib, 1998 yilda 36 foizni tashkil etgani holda, 2001 yilda 26 foizga tushgan. 2002 yilda esa 24 foiz, 2003 yilda 20 foiz, 2004 yilda 18 foiz, 2005 yilda 15 foiz, 2006 yilda 12 foiz, 2007 yilda 10 foiz va 2010 yilda 9 foiz 2014 yildan 8 foiz qilib belgilangan. 3-rasm. Yuridik shaxslar foyda soligi stavkalari o'zgarish dinamikasi Quyidagi jadval ma'lumotlarida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 dekabrdagi PQ-2099-sonli Qaroriga ko'ra, 2014 yilda yuridik shaxslarning foydasiga soliq stavkalari keltirilgan. 7-jadval Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i SТAVKALARI O'zbekiston Respublikasi rezidentlariga dividend va foizlar ko'rinishida to'lanadigan daromadlardan olinadigan soliq stavkasi 10 foiz miqdorida saqlab qolindi. Foyda solig'ini hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: F(s) = (Jd - Ch - SI - SBK ) x St100; bu yerda, F(s) - yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i; Jd -jami daromad; Ch -soliq qonunchiligida ko'zda tutilgan chegirmalar; SI -soliq imtiyozlari; SBK -soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish summasi; St -soliq stavkasi. Amaldagi soliq qonunchiligiga ko'ra norezident soliq to'lovchining daromadini chet elga o'tkazilayotganda 10 foiz miqdorida foydaga soliq undiriladi. Doimiy muassasa bilan bog'liq bo'lmagan O'zbekiston Respublikasida faoliyat olib borgan norezidentning daromadi hech qanday chegirmasiz daromad manbaida quyidagi stavkalarda soliqqa tortiladi: dividendlar va foizlardan - 10 foiz; sug'urta mukofotlari, sug'urtalash va qayta sug'urtalash - 10 foiz; O'zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar bilan Хalqaro ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 34.39 KB
Ko'rishlar soni 197 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 34.39 KB
Ko'rishlar soni 197 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga