Import tovarlarga nisbatan qo'shilgan qiymat solig'ini hisoblash tartibi

Import tovarlarga nisbatan qo'shilgan qiymat solig'ini hisoblash tartibi

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Import tovarlarga nisbatan qo'shilgan qiymat solig'ini hisoblash tartibi - rasmi

Material tavsifi

Import tovarlarga nisbatan qo'shilgan qiymat solig'ini hisoblash tartibi. Import qilinadigan tovarlarga nisbatan qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchilari bo'lib, tovarlarni import qiladigan yuridik shaxslar, shuningdek boj to'lamasdan o'z ehtiyojlari uchun me'yoridan ortiqcha tovarlar olib kiradigan jismoniy shaxslar hisoblanadi (demak, jismoniy shaxslar ham bevosita qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchisi bo'lishi mumkin). Qo'shilgan qiymat solig'i solinadigan obyekt bo'lib, O'zbekiston Respublikasining bojxona qonunlariga binoan belgilangan bojxona rejimlariga muvofiq O'zbekiston hududiga import qilinadigan tovarlar hisoblanadi. Tovar deganda iste'molga mo'ljallangan va qiymatga ega bo'lgan barcha narsalar tushuniladi. Import tovarlar bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'ini hisoblab chiqarish uchun asos bo'lib, bojxona qonunchiligiga muvofiq belgilanadigan bojxona qiymati hisoblanadi. Tovarlar importi bo'yicha soliq solinadigan oborot hajmiga bojxona qiymati bilan bir qatorda bojxona boji summasi va aksiz solig'i summasi (aksiz osti tovarlar bo'yicha) kiritiladi. Import qilinadigan tovarlar bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i quyidagi formula orqali hisoblanadi: SQQS(IQTBQ + BBS + AS) x QQSST ; 100 Bu yerda: SQQS - qo'shilgan qiymat solig'i summasi IQTBQ - Import qilinadigan tovarlarning bojxona qiymati; BBS - Bojxona boji summasi; AS - aksiz solig'i; QQSST - qo'shilgan qiymat solig'i stavkasi. Import qilinadigan tovarlar bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i 20 foizli stavka bo'yicha to'lanadi. Amaldagi qonunchilikka ko'ra quyidagilar qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilinadi: xorijiy diplomatik vakolatxonalar va ularga tenglashtirilgan vakolotxonalar rasmiy foydalanishi uchun mo'ljallangan tovarlar; jismoniy shaxslarning boj to'lamasdan olib kirish me'yorlar doirasida import qilinadigan tovarlar (tovarlarni olib kirish me'yori Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori asosida belgilanadi); O'zbekiston Respublikasi hududiga tabiiy ofatlar, baxtsiz hodisalar yuz berganda olib kiriladigan tovarlar, shuningdek davlatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya maqsadlarida olib kiriladigan tovarlar; O'zbekiston Respublikasi hududiga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.54 KB
Ko'rishlar soni 196 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.54 KB
Ko'rishlar soni 196 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga