Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini to'lovchilar va soliq solish obyekti

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini to'lovchilar va soliq solish obyekti

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini to'lovchilar va soliq solish obyekti - rasmi

Material tavsifi

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini to'lovchilar va soliq solish obyekti Soliq qonunchiligiga muvofiq soliq solinadigan daromadga ega bo'lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i to'lovchilardir. Jismoniy shaxslarning - O'zbekiston Respublikasi norezidentlarining O'zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlariga O'zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligida qabul qilingan o'ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda va stavkalar bo'yicha soliq solinadi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i bo'yicha soliq solish obyekti tarkibiga jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari kiradi: 1.O'zbekiston Respublikasi rezidentlarining O'zbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari. 2.O'zbekiston Respublikasi norezidentlarining O'zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari. Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan, O'zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq qatiy belgilangan soliq solinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ining soliq solish obyekti bo'lmaydi. Soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirilgan holda aniqlanadi. Soliq to'lovchining daromadidan uning ixtiyoriga ko'ra, sud yoki boshqa organlarning qaroriga binoan biron bir ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab qolishlar soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi. Jismoniy shaxsning chet el valyutasida ifodalangan daromadlari daromadlar amalda olingan sanada O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo'yicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.58 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.58 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga