Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig'i bo'yicha soliq imtiyozlari Yer solig'idan quyidagilar ozod qilinadilar: 1.Yaylov chorvachiligining cho'ponlari, yilqiboqarlari, mexanizatorlari, veterinariya vrachlari va texniklari, boshqa mutaxassislari va ishchilari. 2.O'zbekiston Qahramoni, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo'lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar. Mazkur imtiyoz O'zbekiston Qahramoni unvoni berilganligi to'g'risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni va Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo'limining ma'lumotnomasi asosida beriladi. 3.1941-1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari hamda qonun hujjatlarida belgilanadigan doiradagi ularga tenglashtirilgan shaxslar. Mazkur imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo'limining yoxud boshqa vakolatli organning ma'lumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga (qatnashchilarga) esa nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga bo'lgan huquqi to'g'risidagi guvohnoma asosida beriladi. 4.I va II guruh nogironlari. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma'lumotnomasi asosida beriladi. 5.Yolg'iz pensionerlar. Yolg'iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan alohida uyda birga yashovchi pensionerlar yolg'iz pensionerlar deb tushuniladi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi tuman (shahar) bo'limining ma'lumotnomasi, shuningdek fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining ma'lumotnomasi asosida beriladi. 6.Boquvchisini yo'qotgan ko'p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o'n olti yoshga to'lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo'lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo'qotgan ko'p bolali oilalardir. Mazkur imtiyoz O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi tuman (shahar) bo'limining ma'lumotnomasi asosida beriladi. 7.Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan fuqarolar). Mazkur imtiyoz tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma'lumotnomasi, ...

Joylangan
11 Feb 2023 | 13:11:40
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.27 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Feb 2023 [ 13:11 ]
Bo'lim
Soliq va soliqqa tortish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.27 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:02 ]
Arxiv ichida: doc