Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish fanining predmeti va mohiyati

Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish fanining predmeti va mohiyati

O'quvchilarga / Soliq va soliqqa tortish
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish fanining predmeti va mohiyati - rasmi

Material tavsifi

«Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish» fanining predmeti va mohiyati «Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish» fani barcha iqtisodiy fanlar kabi o'zining predmetiga, yani izlanish obyektiga ega. «Soliq tarixi va nazariyasi» fanining predmeti bo'lib soliqlar va soliq munosabatlarini paydo bo'lishi hamda soliqlarning harkati hisoblansa, «Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fanida esa yuridik shaxslarni soliqqa tortish mexanizmini har tomonlama o'rganish bo'lsa, jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarning harakati, jismoniy shaxslarga soliq solish mexanizmini har mukkamal o'rganish, jismoniy shaxslarga soliq solish va davlat byudjetiga o'tkazish jarayoni «Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish» fanining predmeti bo'lib hisoblanadi. «Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish» fanini o'rganishdagi usullar umumiy va alohida usullarga bo'linadi. Tabiat, jamiyat va tafakkurning rivojlanish qonunlarini tadqiq qilishning ilmiy uslubi dialektik uslubdir. Shuning uchun ham ushbu ilmiy uslub barcha fanlarning, shu jumladan «Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish» fanining nazariy va uslubiy asosini tashkil etadi. Dialektika iqtisodiy jarayonlarning o'zaro bog'liqligi, harakat va rivojlanishida tadqiq qilishni talab etadi. Dialektik uslub shuni tadqiq etadiki, rivojlanish quyidan yuqoriga qarab sodir bo'ladi, bilish esa oddiydan murakkabga tomon rivoj topib boradi. Shuning uchun ushbu uslub tadqiq etishning induksiya va deduksiya usullarini o'z ichiga oladi. Xususiy, yakka fakt olinib, uning asosida umumiy qoida hosil qilinadigan bo'lsa - induksiya usuli vujudga keladi. Barcha xususiy hollarni o'z ichiga olgan umumiy qoida hosil qilinsa - deduksiya usuli yuzaga keladi. Hamma iqtisodiy fanlar kabi «Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish» fanining ham o'ziga xos ilmiy tadqiq etish usullari mavjud, yani ilmiy tadqiq etish usullari biri bu ilmiy abstraksiya usulidir. Ilmiy abstraksiya usulining mohiyati bu tahlil paytida obyektning faqat bir tomoniga, tadqiq etilayotgan jarayonning asosiy mohiyatiga etibor qaratilib, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.6 KB
Ko'rishlar soni 159 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.6 KB
Ko'rishlar soni 159 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga